Hodisalar

Mashinani oʻzboshimchalik haydagan oʻsmir 6 yoshli bolaning umriga zomin boʻldi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Djizaxe podrostok sbil nasmert 6-letnego malchika
V Djizaxe podrostok sbil nasmert 6-letnego malchika - Sputnik Oʻzbekiston
Qarovsiz qoldirilgan “Gaz-69” mashinani 15 yoshli S.E. oʻzboshimchalik bilan haydamoqchi boʻlgan. Uni yurgazib oʻynab yurgan 6 yoshli bolakayni urib yuborgan.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Jizzax viloyatida 6 yoshli bola yoʻl-transport hodisasi qurboni boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Gruzovoy avtomobil nayexal na povozku - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Fargʻonada yuk mashinasi eshak aravani bosib ketdi – qurbon bor

Qayd etilishicha, 30 may kuni Sharof Rashidov tumani, “Ravalliq” MFY Gulshan koʻchasidagi xonadonlarning biriga stol va stul olib kelgan “Gaz-69” haydovchisi mashinasini qarovsiz qoldirgan.

Birga kelgan uning 15 yoshli tanishi S.E. avtomobilni oʻzboshimchalik bilan haydamoqchi boʻlgan. Uni yurgazib, shu uyning oldida oʻynab yurgan 6 yoshli B.X.ni urib yuborgan.

Natijada B.X. ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston JKning 266-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala