O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 3600 taga yaqinlashdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi 7 soat ichida yana 29 kishida koronavirus tasdiqlandi. Ularning aksariyati karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlandi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonda yana 29 ta yangi koronavirus holati aniqlandi.

Karantinniy sentr v Kommunarke  - Sputnik O‘zbekiston
“O‘rikzor” bozoridagi sotuvchining ikki farzandida ham koronavirus aniqlandi

“2020 yil 31-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3583 (+29) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 28 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 tasi Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2837 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Jami 14 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0