O‘zbekistonda koronavirusdan 15-bemor vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKatalka
Katalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus aniqlangan 63 yoshli poytaxtlik ayol o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. U sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan bo‘lgan.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusdan 15-o‘lim qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 3600 taga yaqinlashdi

1957 yilda tug‘ilgan poytaxtlik X. da shu yilning 30-may kuni “Covid-19” aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari  nazoratida bo‘lgan. Belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lgan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0