TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Arpov Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Qubatbek Boronov bilan uchrashadi. Boronov ayni damda Batken viloyatiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.
Eslatib oʻtamiz, kecha 31 may kuni Oʻzbekistonning Soʻx tumani va Qirgʻizistonning Qadamjoy tumani aholisi orasida mojaro kelib chiqqan edi.
Janjalga Chashma bulogʻi suvi ikki qishloq aholisi tomonidan birgalikda tozalanishi sabab boʻlgan. Tomonlar buloq qaysi mamlakatga tegishligi borasida tortishib qolishgani aytilmoqda. Janjal oqibatida bir necha kishi jarohat olib shifokorga murojaat qilishga majbur boʻlgan.
Ayni damda vaziyat ikki tomon chegara qoʻshinlari tomonidan navzoratga olingan.