Smartfonlarni “o‘ldiradigan” rasm internetda tarqaldi

© AP Photo / Lee Jin-manTelefon Samsung Galaxy Note 7
Telefon Samsung Galaxy Note 7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samsung smartfonlarini ishdan chiqaradigan rasm tvitterda tarqaldi. Kompaniya ayni vaqtda bu muammoni o‘rganib chiqmoqda.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Ice Universe nikli tvitter foydalanuvchisi Samsung smatfonlarini ishdan chiqarishga qodir bo‘lgan suratni chop etdi.

“Bu suratni hech qachon “zastavka”ga o‘rnatmang, ayniqsa Samsung smartfonlariga”, - deb ogohlantirdi u.

Rasmda quyoshning botishi fonida tog‘lar va ko‘l manzarasi tasvirlangan.

Foydalanuvchilar fotosurat o‘rnatgandan so‘ng, ularning gadjetlari qayta ishga tushish, miltillash va o‘chirib qolishni boshladi. Smartfon egalarining ba’zilari barcha ma’lumotlarni o‘chib ketganini aytishdi.

Keyinchalik post muallifi Samsung kompaniyasi ushbu muammoga munosabat bildirgani va maxsus “yangilanish” tayyorlanishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0