Oziq-ovqat mahsulotlari va bo‘sh ish o‘rinlari: Rossiyada migrantlarga qanday yordam ko‘rsatildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil may oyida Rossiya Migrantlar Federatsiyasi (RMF) koll-markazida yordam murojaatlarining rekord soni qayd etildi.

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. May oyida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan 10 mingdan ortiq chet el fuqarolari Rossiya Migrantlar Federatsiyasi (RMF)dan yordam oldilar.

Yejednevno bolee 100 grajdan obrashayutsya za pomoshyu v posolstvo Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Meni tezroq uyga jo‘nating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar

2020 yil may oyida RMF koll-markazida yordam murojaatlarining rekord soni qayd etildi. Ishonch telefonlari xodimlari 15 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlarni va ijtimoiy tarmoqlarda bir necha ming murojaatlarni ko‘rib chiqdilar.

RF Prezidentining 2020-yil 18-apreldagi 274-sonli "Yangi koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishi xavfi tufayli Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini hal etish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga asosan karantin tadbirlari paytida migrantlar kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmasligi mumkin bo‘ldi, ammo yengillashtiruvchi sharoitlarga qaramay, migrantlarning ko‘plab murojaatlari ish yo‘qotishi va natijada butun oilaga oziq-ovqat yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Rossiyada majburan qolib turgan chet el fuqarolariga yordam berish uchun RMF koll-markazi yangi ishchilarga qiziqish bildirgan ish beruvchilarning arizalarini qabul qilishni boshladi. Hamkorlikdagi faol harakatlar natijasida RMF mehnat migrantlari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini qidirish bo‘yicha o‘z bo‘limini ochishga qaror qildi, bu yerda chet el fuqarolari Rossiyaning turli mintaqalarida o‘zlariga o‘nta yo‘nalishda ish topishlari mumkin: qurilish va ta’mirlash; umumiy ovqatlanish; transport, logistika, omborxonalar; qishloq xo‘jaligi; kommunal xujaligi; ishlab chiqarish va sanoat; chakana savdo; qo‘riqlash va xavfsizlik; mehmonxonalar va turizm; ishchi xodimlar.

Bundan tashqari, migrantlarga oziq-ovqat to‘plamlarini yetkazish tashkillashtirilgan. Xizmatdan maxsus ariza shakli orqali foydalanish mumkin.

Sentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi paytda nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda

RMF aynan chet el fuqarolari va beparvo bo‘lmagan rossiyaliklar tufayli muhtojlarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun zarur miqdordagi mablag‘ni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. May oyida 10 mingdan ortiq migrant donlilar, un, choy, shakar, sariyog‘, makaron, kartoshka va quyultirilgan sut shaklida oziq-ovqat olish imkoniga ega bo‘ldi.

RMF koll-markazi o‘z faoliyatini Rossiya Federatsiyasi prezidentining granti asosida amalga oshirilayotgan mehnat migrantlarining ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasiga ko‘maklashish loyihasi doirasida 2020-yil yanvar oyidan boshladi. Qiyin vaziyatga tushib qolgan migrantlar ijtimoiy tarmoqlardagi RMF rasmiy sahifalarida: VKontakte, Odnoklassniki, Instagram, shuningdek +7 (495) 778-3288; +7 (963) 997-4210; +7 (926) 130-7500 Ishonch telefonlari ish kunlari 8.00 dan 22.00 gacha va dam olish kunlari 9.00 dan 21.00 gacha ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz: joriy yilning 14-may kuni O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi "Mehr" loyihasini ishga tushirdi - may oyi oxiriga moddiy yordam miqdori 5 million rublni tashkil etdi.

Bundan tashqari, homiy Alisher Usmonov respublikada pandemiyaga qarshi kurashish uchun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining "Mehr-Shafqat va Salomatlik" jamoat jamg‘armasiga 20 million dollar ajratdi.

O‘zbekistonning Jizzax viloyatida tug‘ilgan milliarder Fattoh Shodiyevning xalqaro jamg‘armasi Adliya vazirligining "Biz birgamiz" ijtimoiy loyihasi doirasida respublikadagi 1,5 ming kam ta’minlangan oilalarga COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan oziq-ovqat va tibbiy buyumlardan tashkil topgan insonparvarlik yordamini yubordi. Terma futbol jamoasi sardori Odil Ahmedov Namanganga 600 million so‘mlik dori-darmonlar yubordi.

Bundan tashqari, muqaddas Ramazon oyida o‘zbekistonlik talabalar uchun issiq ovqat tashkil etildi. Jarayonga 20ga yaqin ko‘ngillilar jalb qilindi: ular ovqat tayyorlab, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi.

Yangiliklar lentasi
0