Hodisalar

Fargʻonada uchrashuvga chiqqan ayolni “yigiti” tunab ketdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
27 yoshli fuqaro telefon orqali tanishgan ayolni yolgʻon bahona bilan xilvat joyga olib borgan. Soʻngra unga qoʻl koʻtarib, sirgʻalarini yechib olgan.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Fargʻonada talonchilik jinoyati fosh etildi.

V Tashkentskoy oblasti molodoy chelovek ubil opponenta lopatoy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Zangiotada 21 yoshli yigit raqibini belkurak bilan urib oʻldirib qoʻydi

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, hodisa 31 may kuni sodir boʻlgan. 27 yoshli fuqaro A.A. telefon orqali oʻzidan 10 yosh katta ayol Z.T. bilan tanishgan. Keyin u bilan uchrashish uchun Yaypan shahar markaziga kelgan. Uchrashuvda ayolga goʻyoki oʻzining yashash uyini koʻrsatishini aytib, uni xilvat joyga olib borgan. Xilvat joyda uni urgan va 2,1 mln soʻmlik sariq metalldan yasalgan sirgʻalarini yechib olgan. Hech kim koʻrmasligi uchun voqea joyidan qochib qolgan.

Tezkor-qidiruv davomida talonchi ushlangan va Z.T.ga tegishli 2 dona sirgʻa musodara qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi  2-qismi “a” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0