“Lukoyl” “O‘zbekneftegaz” yangi memorandum imzoladi

© AFP 2023 / FREDERIC J. BROWNDobicha nefti v SShA
Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shma korxona yangi investitsion bloklarning neft va gaz istiqbollarini baholash uchun geologik va geofizik ma’lumotlarni o‘rganadi.

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. “Lukoyl” “O‘zbekneftegaz” bilan O‘zbekistonda geologik qidiruv va neft va gaz qazib olish sohasida qo‘shma hamkorlik to‘g‘risida yangi memorandum imzoladi, deb yozadi RIA Novosti "Lukoyl Uzbekistan opereyting kompani" matbuot xizmatiga tayanib.

“Toshkentda "Lukoyl" OAJ va "O‘zbekneftegaz" AJ o‘rtasida yangi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi ... Memorandum geologik qidiruv va tijoriy qazib olish maqsadida qo‘shma korxona tashkil etishni ko‘zda tutadi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qo‘shma korxona yangi investitsion bloklarining neft va gaz istiqbollarini baholash uchun geologik va geofizik ma’lumotlarni o‘rganadi.

Zdanie Uzbekneftegaza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekneftgaz” va “Lukoyl” hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda

Mart oyida "O‘zbekneftegaz" "Lukoyl" kompaniyasi bilan O‘zbekistonda razvedka qilish bo‘yicha qo‘shma korxona tuzishni, shuningdek, Rossiya kompaniyasining ishlab chiqarishni raqamlashtirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

"Lukoyl" rahbari Vagit Alekperov 2018-yil kuzida kompaniya va "O‘zbekneftegaz" qidiruv burg‘ulash istiqbollarini o‘rganishini aytib o‘tgan edi. O‘zbekiston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil iyuniga kelib "Lukoyl" Markaziy Qizilqum neft va gaz hududida joylashgan uchta blok - Akbuget, Beshbuloq va Toshquduq bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin.

"Lukoyl" kompaniyasi O‘zbekistonda 15-yildan beri ishlab kelmoqda. Uning mamlakatdagi barcha loyihalarga kiritgan jami sarmoyasi 10 milliard dollarni tashkil etadi. Kompaniya "Qandim-Xauzak-Shodi" va "Hisor" loyihalari bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar asosida ishlaydi. O‘tgan yili "Lukoyl" kompaniyasi tomonidan boshqarilayotgan loyihalardan tabiiy gazning jami qazib olinishi 60 milliard kubometrga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0