Dunyoda

Rossiya SSV COVID-19ni davolash uchun dorilar roʻyxatini kengaytirdi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka oʻtishLekarstva
Lekarstva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyada katta yoshdagi koronavirus bemorlarini davolash uchun dorilar roʻyxatini kengaytirildi. Yangi versiyada barcha boʻlimlar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Xususan, davolashning yangi usuli taqdim etilgan.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi katta yoshdagi koronavirus bemorlarni davolash uchun dorilar roʻyxatini kengaytirdi.

Otkrыtiye texnologicheskogo tsentra Novamedika - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori maʼqullandi

Roʻyxatda IFN-β1b rekombinanti, IFN-α rekombinanti va Umifenovir bilan birgalikda qoʻllash kerak boʻlgan Favipiravir, Gidroksizloroxin, Mefloxin, Azitromitsin, Lopinavir va Ritonavir kabi dorilar koʻrsatilgan.

Tasdiqlangan kasallikni davolashning yettinchi metodik tavsiyalar versiyasi Rossiya va xorij klinik tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

Yangi versiyada barcha boʻlimlar qayta ishlangan va kengaytirilgan. Xususan, davolashning yangi usuli taqdim etilgan.

Shuningdek, vazirlik tibbiyot muassasalariga kelayotgan barcha bemorlardan antitanacha va COVID-19ga test olishni tavsiya qilgan.

Rossiyada aniqlangan koronavirus holati 432 mingdan oshgan. Shulardan 195 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 5 215 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0