Dunyoda

Tiriklayin koʻmilgan erkak qabrdan mustaqil chiqishga muvaffaq boʻldi

© AP Photo / Dar YasinIndiyskaya politsiya
Indiyskaya politsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, jabrlanuvchini oʻzi koʻrgan ziyonlarda ayblagan sobiq ish beruvchisi sheriklari bilan birgalikda olib qochib doʻpposlagan. Soʻngra koʻmib tashlagan.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Hindistonning Gondal shahrida istiqomat qiluvchi Kapil Marakana jinoyatchilar uni tiriklayin koʻmib ketgandan soʻng qabrdan mustaqil ravishda chiqdi. Bu haqda The Times of India nashri mahalliy politsiyaga tayangan holda xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, jabrlanuvchini oʻzi koʻrgan ziyonlarda ayblagan sobiq ish beruvchisi sheriklari bilan birgalikda olib qochib doʻpposlagan. Soʻngra uni qoʻl-oyogʻini bogʻlab, koʻmib tashlagan.

“Marakana qum ostida jon-jahdi bilan toʻlgʻangan va bir oyogʻini ozod qilgan. Bir qancha urinishdan soʻng koʻmilgan shaxs qum tagidan chiqishga muvaffaq boʻlgan”, - deyilgan xabarda.

Jabrlanuvchi yaqin oradagi qamoqxonaga yugurib borgan va boʻlib oʻtgan voqeani oqizmay-tomizmay politsiyaga maʼlum qilgan. Natijada jinoyatchilar qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala