O‘zbekistonda suv tanqisligi yuzaga kelishi mumkin

Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Andijon, Karkidon, Ohangaron, Talimarjon, Arnasoy va Chorvoq suv omborlarida zaxiralar avvalgi yillarga nisbatan 20-30 %ga kam.

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda suv tanqisligi vujudga kelishi mumkin - hukumat buning oldini olishga harakat qilmoqda. 

Vazirlar Mahkamasi "2020 yil yozgi sug‘orish mavsumida ekin maydonlarini suv bilan ishonchli ta’minlash va suv tanqisligining oldini olish bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risida" qarorini qabul qildi.

Schetchiki xolodnoy vodi - Sputnik O‘zbekiston
Suv yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar suvdan foydalanganlik uchun soliq miqdoriga qo‘shiladi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, kerakli meyorlarga nisbatan suv resurslarining yetarli darajada ta’minlanmasligi kutilmoqda. Xususan, Qashqadaryo, Ohangaron va Farg‘ona vodiysining shimoliy qismidagi suv havzalarida - 70 foiz, Surxondaryo va Chirchiqda - 75 foiz, Qoradaryo - 80 foiz, Vaxsh, Zarafshon va Norinda - 85 foiz, Farg‘ona vodiysining janubida - 90 foiz.

Bugungi kunda Andijon, Karkidon, Ohangaron, Talimarjon, Arnasoy va Chorvoq suv omborlarida zaxiralar avvalgi yillarga nisbatan 20-30 foizga kam.

Suv tanqisligi  oldini olish va resurslardan samarali foydalanish uchun O‘zbekiston hukumati sug‘orish uchun suv yetkazib berilishini to‘liq nazorat qiladigan ishchi guruhni tuzdi. Har bir kanal va sug‘orish tarmog‘i bo‘yicha o‘n kun ichida suv olish limitlarini tasdiqlash topshirildi.

Iyun oyida barcha sug‘orish tizimlari, nasos qurilmalari, shu jumladan ko‘chma qurilmalar va vertikal sug‘orishga mo‘ljallangan quduqlar ta’mirlanadi. Suvni tejaydigan samarali sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

2020 yil uchinchi va to‘rtinchi choraklarida ko‘chma nasos uskunalarini sotib olishga rejalashtirilgan 31 milliard so‘m miqdorida budjet ajratmalari ikkinchi chorakka ko‘chiriladi.

Sbor urojaya risa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda suv tanqisligi sababli sholi ekiladigan maydonlar kamaytiriladi

2019 yil oktabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi keng ko‘lamli hujjatni imzoladi. Suv xo‘jaligi boshqaruvi sohasida bozor tamoyillari va mexanizmlarini, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ilm-fanni rivojlantirish choralari ko‘rildi.

Suv tejaydigan texnologiyalar yordamida sug‘oriladigan yerlarning ulushi umumiy sug‘oriladigan yerlarning kamida o‘n foiziga yetkaziladi. Suv hujaligining 300 inshooti va gidrouzellarida suvni boshqarish va hisobga olish tizimini avtomatlashtirish ko‘zda tutilgan.

Suv ho‘jaligi vazirligi qoshida suv resurslarini boshqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Agentlik tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0