Analitika

Avtoekspert Oʻzbekistonda Volkswagen Caddy ishlab chiqarilishi istiqboli haqida fikr bildirdi

© Foto iz lichnogo arxiva Andreya OsipovaNezavisimыy avtoekspert Andrey Osipov
Nezavisimыy avtoekspert Andrey Osipov - Sputnik Oʻzbekiston
Volkswagen oʻzining Caddy modelini Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqda. Ilk mashinalar iyul oyida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Mustaqil avtoekspert, Osipov.pro sayti muharriri Andrey Osipovning fikriga koʻra, mashina yuqori narxi tufayli ommabop boʻlolmaydi, ammo yangi oʻyinchi bozorni sezilarli darajada jonlantiradi.

Mutaxassisning fikriga koʻra, Caddy modelining turli xil koʻrinishlari kichik va oʻrta biznes vakillari, shuningdek, salon kengligi muhim boʻlgan avtohavaskorlar, masalan, katta oilalar orasida juda mashhur.

Volkswagen Caddy - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda Volkswagen Caddy savdosi iyuldan boshlanadi

“Raqobatchilarga va muqobillarga kelsak, LADA LARGUS bu maʼnoda, afsuski, oʻzining koʻrsatkichlari va hatto salon hajmi jihatidan ortda qoladi. Menimcha, baʼzi xaridorlarga Oʻzbekistonda yigʻiladigan yangi model yoqadi, biroq baland narx bois koʻpchilikning sotib olishga imkoni boʻlishi dargumon”, - dedi Osipov.

Uning fikricha, ishlab chiqarilgan avtomobillarning aksariyat qismi eksport qilinadi, bu oʻz oʻrnida respublikada Rossiya avtomobillarining narxiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Qanday boʻlmasin, uning ishonchi komil, ichki bozorga yangi oʻyinchi kelishi isteʼmolchiga koʻproq tanlov imkonini beradi va umuman sogʻlom raqobatni rivojlantirishga yordam beradi.

Ekspertning batafsil sharhini quyidagi radiopodkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Avtoekspert: model ot Volkswagen vryad li stanet massovoy v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala