Kasbiy imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi

© Pixabay / StartupStockPhotosStudenti gotovatsya k ekzamenu
Studenti gotovatsya k ekzamenu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifingda ma’lum qildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilgan holda:

  • test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 11-iyuldan 20-iyulgacha;
  • alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun 25-iyuldan 10-avgustgacha o‘tkaziladi.

Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

  • bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;
  • abituriyentning oliy ta’lim muassasasiga bir marta kelib ketishini ta’minlash inobatga olinadi.
Yangiliklar lentasi
0