Siyosat

Xalqaro aviakompaniyalar yoʻlovchilar haqidagi maʼlumotni Oʻzbekiston DXXga taqdim etadi

© Sputnik / Nina ZotinaMejdunarodnыy aeroport "Sochi" v Adlere
Mejdunarodnыy aeroport Sochi v Adlere - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro tashuvchilar Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlarni taqdim etishi majburiy qilib belgilandi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. 2020 yilning 1 iyulidan Oʻzbekistonga parvozlar qilayotgan xorijiy aviakompaniyalar yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlarni Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga taqdim etadi. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonda turizm uch bosqichda tiklanadi

Taʼkidlanishicha, yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar bilan ishlash DXX CHQ tomonidan ishlab chiqiladigan tizim boʻyicha amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar aviatsiya maʼmuriyatlari va xorijiy aviatashuvchilar DXX CHQga xalqaro tashuvchilar tomonidan yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot majburiy ravishda taqdim etilishi tizimi amalga kiritilishi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.

“Oʻz navbatida, mazkur tartibning joriy etilishi xorijiy turistlarning mamlakatga kelishlari, boʻlishlari va respublika hududidan chiqib ketishlarida qoʻshimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda.

Yoʻlovchilar boʻyicha dastlabki maʼlumot taqdim etilishining majburiy tartibi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) standartlari va tavsiya etiladigan amaliyotini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Maʼlumot uchun: IKAO standartlari texnik talab boʻlib, uning yagona tartibda qoʻllanilishi xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasining xavfsizligini yoki muntazamligini taʼminlash uchun zarurdir. IKAO tavsiya etiladigan amaliyoti ham texnik talab boʻlib, uning yagona tartibda qoʻllanilishi xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasining xavfsizligini, muntazamligini yoki samaradorligini taʼminlash uchun maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala