Jamiyat

Masjidlar ochilishi sanasiga aniqlik kiritildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmolitvennыy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa
molitvennыy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa - Sputnik Oʻzbekiston
Maxsus komissiya qarori bilan 5 iyundan boshlab “yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilishi maʼlum qilingan edi. Biroq ularning ochilish sanasi borasida qoʻshimcha izoh berildi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Diniy muassasalar, masjidlar 2020 yil 8 iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshlaydi. Bu borada Respublika maxsus komissiyasining izohi eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha, xavfsizlikni taʼminlash uchun ushbu maskanlarda 5-8 iyun kunlari sanitar choralar koʻriladi.

Masjidlarda sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz oʻqish mumkin boʻladi.

Nesmtorya na prekrasnuyu pogodu ochen malo lyudey v Tashkent-Siti, kotorыy daje zimoy bыl vsegda polon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yengillashtirilgan karantin: qaysi talablar saqlanib qolinmoqda?

Biroq, fuqarolarning kasallikni nomaʼlum manbalardan yuqtirishi va aholi oʻrtasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

Avvalroq 5 iyundan boshlab “yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilishi maʼlum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala