Mutaxassislar: COVID-19 vaksinasini birinchi bo‘lib kim olishi haqida gapirish hali erta

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tish Ekspress-testi na koronavirus
 Ekspress-testi na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning bir qator mamlakatlarida yangi turdagi koronavirusga qarshi yuzga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. RIA Novosti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda AQSh va britaniyalik mutaxassislar COVID-19 vaksinasini birinchi bo‘lib kim olishi haqida gapirishga erta deya ta’kidlashdi.

Dunyoning bir qator mamlakatlarida yuzga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda. Vaksinaning o‘zi yaratilishi bilan bir qatorda yirik farmatsevtika kompaniyalari o‘zlarining yoki boshqalar tomonidan tayyorlanayotgan vaksinalarni ommaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishlab chiqmoqdalar. Bir qator vaksinalar odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda, ba’zi holatlarda ishlab chiquvchilar umidlantiruvchi ma’lumotlarni oldilar. Ammo, hozirda muayan vaksina hali beri yo‘q va qachon paydo bo‘lishi ham noma’lum. Bundan tashqari, vaksinani u ishlab chiqilgandan keyin va ungacha birinchi bo‘lib kimga emlanishi va yuz millionlab dozalarni ishlab chiqarish qay tarzda yo‘lga qo‘yilishi aniq emas.

Sotrudnik na proizvodstve molochnix produktov  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi yogurt shaklida vaksina yaratilmoqda

AQShning Emori universiteti biostatistika va bioinformatika professori Maks Launing so‘zlariga ko‘ra, vaksinani birinchi navbatda kimga berilishi ustuvorligi masalasi endi muhokama qilinadi.

"Bu oddiy savollar emas, ular qator jabhalar bo‘yicha mulohazalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, hanuz yosh bolalar virusni qanchalar ko‘p darajada yuqtiradimi yoki yo‘qmi aniq emas", - dedi Lau.

"Bundan tashqari, vaksinaning samaradorligi biz emlangan odamlar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olmagunimizcha ma’lum emas. Masalan, ko‘p ma’lumotlar grippga qarshi vaksinalar 100 foiz himoya bermayotganligidan dalolat beradi va COVID -19 vaksinalari ishlashi qay ahvoldaligini kutish va nazorat qilish kerak bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qildi Lau.

London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabining Yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi direktori Grem Medlining so‘zlariga ko‘ra, emlash mavzusida savollar juda ko‘p va ular hanuz javobsiz qolmoqda.

Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Kimlar birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadi - virusolog javobi

"Bu vaksinaning xususiyatlariga bog‘liq. Vaksinani bitta dozada yoki bir necha dozada yuborish kerakmi? U MMR vaksinasi (qizamiq, epidemik parotit va suvchechakka qarshi uyg‘unlashgan vaksina) kabi umrbod immunitetni ta’minlaydimi  yoki uni qoqsholga qarshi vaksina kabi doimiy takroriy emlash kerakmi? Bu infeksiyani oldini oladimi yoki faqat kasalliknimi? Qancha dozada mavjud bo‘ladi? Bu savollarning barchasi vaksinani qanchalar samarali ishlatish kerakligini aniqlaydi", - dedi Medli.

Yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish bilan shug‘ullanadigan Luiziana shtatidagi Tuleyn universiteti professori Mak Xayman vaksinani taqsimlashda murosaga kelishga to‘g‘ri kelgan misollarni keltirdi.

Anatoliy Alshteyn  - Sputnik O‘zbekiston
Virusolog COVID-19ga qarshi vaksina sinovi qanday o‘tayotgani haqida so‘zlab berdi

2009 yilda, H1N1 cho‘chqa grippi pandemiyasi boshlanganida, Milliy sog‘liqni saqlash instituti olimlari guruhlari epidemiya paytida ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan vaksinalarni taqsimlash bo‘yicha maslahatlar berishgan. "Tavsiyalar shundan iborat ediki, vaksinani birinchi navbatda tibbiyot xodimlari olishlari kerak edi, chunki bu guruh virus bilan aloqa qilish ehtimoli ancha katta edi", - dedi Xayman.

"Keyingi guruh uchun biz yuqumli kasalliklik tarqalishini sekinlashtirish maqsadida virusni katta ehtimollik bilan yuqtirishi mumkin bo‘lgan odamlar, ya’ni maktab o‘quvchilari va o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan va qo‘shimcha kasalliklari bo‘lgan keksa odamlarni emlash o‘rtasida murosani topishga majbur bo‘ldik", - dedi u.

Shu bilan birga, Johnson and Johnson kompaniyasi ushbu haftada vaksinaning birinchi partiyasini 2021-yil boshida kutishini e’lon qildi. Kompaniyaning bosh direktori Pol Stoffelsning aytishicha, birinchi partiya butun dunyo bo‘ylab tibbiyot xodimlarini emlash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Kompaniya ja’mi 1 milliarddan ortiq dozani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida, Amerikaning Moderna kompaniyasining rahbari Stefan Bansel kompaniya vaksinani ishlab chiqarish quvvatini kengaytirayotganini va 2020-yil oxiriga kelib oyiga o‘n millionlab dozani ishlab chiqarishga tayyor bo‘lishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0