Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 4 iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishTestirovaniye na antitela k koronavirusu
Testirovaniye na antitela k koronavirusu - Sputnik Oʻzbekiston
Bugunning oʻzida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 3 087 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Model v grimernoy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikistonda “Antikovid-19” malham ishlab chiqarildi

Bir sutka davomida 35 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3 909 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olinganlar, 8 nafari esa (6 nafari Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida) aholi orasida qayd etilgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni 3 087 nafar.

Ayni paytda 822 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Chegarada toʻplangan fuqarolar

Rossiya-Qozogʻiston chegarasi “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida 300ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangan.

Bu masala Oʻzbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Mejdunarodnыy aeroport Sochi v Adlere - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Xalqaro aviakompaniyalar yoʻlovchilar haqidagi maʼlumotni Oʻzbekiston DXXga taqdim etadi

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotni har tomonlama koʻrib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi. Maxsus komissiya qarori toʻgʻrisida alohida maʼlumot beriladi.

Uyga qaytganlar

UzAirways aviakomaniyasining charter reysi bilan Birlashgan arab amirligidan (BAA) 271 kishi Oʻzbekistonga olib kelindi. Qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtirildi.

Turizm tiklanishi

Oʻzbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi. Avval ichki turizm, keyin hududiy turizm va pandemiya vaziyatini hisobga olgan holda tashqi turizm tiklanadi.

molitvennыy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Masjidlar ochilishi sanasiga aniqlik kiritildi

2020 yilning 1 iyunidan Oʻzbekistonning “yashil” va “sariq” hududlarda ichki turizm qayta tiklandi. Shu sanadan eʼtiboran koʻrsatilgan hududlarda tegishli tashkilotlar – turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat, madaniy meros obʼyektlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda ish boshlashi mumkin.
Bu haqda batafsil bu materialda.

Test sinovlari

Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan boʻladi. Bu yil 1 million 270 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda. Test sinovlari joriy yilda 3 smenada boʻladi (oʻtgan yili 2 smenada boʻlgan).

Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi sabab bu yil kirish imtihonlarini soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma bergandi.

Karantin yumshatilishi: bozor va bogʻchalar

15 iyundan "yashil" va "sariq" hududlarda umumiy ovqatlanish obʼyektlari, buyum bozorlari va bogʻchalar faoliyatiga ruxsat beriladi.

 Ekspress-testы na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Mutaxassislar: COVID-19 vaktsinasini birinchi boʻlib kim olishi haqida gapirish hali erta

Avtobus

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda hududlar oʻrtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi. Haydovchilar qoʻlqop va niqoblar bilan taʼminlashini lozim. Ularni muntazam oʻz vaqtida almashtirishlari shart.

Masjid

Diniy muassasalar, masjidlar 2020 yil 8 iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshlaydi.

Masjidlarda sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz oʻqish mumkin boʻladi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. AQShning Xopkins universitetiga malumotlariga koʻra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 6,5 milliondan oshdi, 386 ming kishi vafot etdi.

BSSTning maʼlumotiga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 6,2 milliondan oshdi, 380 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala