Dunyoda

Tojikistonda “Antikovid-19” malham ishlab chiqarildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishModel v grimernoy
Model v grimernoy - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi qora sedana (tmin, black seed, siyohdona) asosida tayyorlanadigan spreyni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Tojikistonlik farmatsevt Saidvali Hikmatov ogʻiz boʻshligʻi uchun “Antikovid-19” antiseptik va malham ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Mahsulot qora sedana (black seed) urugʻidan olingan moy asosida tayyorlanadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Otkrыtiye texnologicheskogo tsentra Novamedika - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori maʼqullandi

Barcha mahsulotlar sifat sertifikatiga ega. Hikmatovning soʻzlariga koʻra, malham tarkibiga kiruvchi moddalar koronavirusga chalingan bemorlarning ahvolini sezilarli darajada yengillashtiradi. Shuningdek, fitoantiseptik sprey organizmdagi koʻp patogen mikrob va viruslarni oʻldirishga yordam beradi.

“Qora tmin tarkibida 100 dan ortiq modda va hujayralarning tabiiy biosintezi uchun 50 ga yaqin katalizatorlar - fermentlar, gormonlar,  polisaxarid, yogʻ kislotalari, A, V, R, S, polivitaminlar va efir moylari mavjud”, - dedi Hikmatov.

Farmatsevtning soʻzlariga koʻra, “Antikovid-19” antiseptik eritmasining afzalliklaridan biri shundaki, u immunomodulyatsion xususiyatlarga ega va organizmning himoya xususiyatlarini oshiradi.

"Magniy yurak-qon tomir tizimi, oʻpka, miya, asab tizimi va mushaklarning ishini yaxshilaydi", - deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

Shifokor profilaktika sifatida ertalab boʻsh qoringa va kechqurun bir choy qoshiq qora malham sarimsoq va bir choy qoshiq asal bilan isteʼmol qilishni tavsiya qiladi.

Taʼkidlab oʻtish kerakki, “Antikovid-19” preparati koronavirusni davolash yoki oldini olish uchun dori sifatida aprobatsiyadan oʻtkazilmagan.

Koronavirusni eksperimental usullar bilan davolash, shuningdek oʻz-oʻzini davolash - salomatlikka zarar yetkazishi, kasallikning ogʻir asoratlarini keltirib chiqarishi va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala