Toshkentdagi barcha taʼmirtalab koʻchalar yangi texnologiyalar asosida asfalt qilinadi

© Goskomitet po avtomobilnыm dorogamKapitalnыy remont maloy koltsevoy avtomobilnoy dorogi v Tashkente
Kapitalnыy remont maloy koltsevoy avtomobilnoy dorogi v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yil 1 iyun holatiga umumiy hisobda koʻchalarning 60 tasi taʼmirlangan va ularga 176 ming kv metr asfalt yotqizilgan. Yana 52 ta markaziy va 81 ta ichki koʻchalarining holati yaxshilanishi koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Toshkent shahrida taʼmirtalab deb topilgan 200ga yaqin koʻchalar yangi texnologiyalar asosida asfalt qilinadi. Bu haqda bugun, payshanba kuni, Zoom dasturi orqali yoʻllarni taʼmirlash mavzusida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Na peresechenii ulits Mirzo Ulugbeka i Maxtumkuli v Tashkente ustanovili gosudarstvennыy flag Uzbekistana   - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentdagi bir qator koʻchalar nomlari oʻzgarishi mumkin

Brifingda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxoʻjayev 2020 yilda Toshkentga taʼmir rejasiga kiritilgan yoʻllar va hozirda bu borada olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Mahmudxoʻjayevning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston poytaxtidagi katta koʻchalarni asfaltlash ishlari boshlab yuborilganiga 40 kundan oshgan. Ammo karantin va havoning sovuq kelishi tufayli belgilangan ishlar biroz kechikkan.

2020 yil 1 iyun holatiga umumiy hisobda koʻchalarning 60 tasi taʼmirlangan va ularga 176 ming kv metr asfalt yotqizilgan. Yana 52 ta markaziy va 81 ta ichki koʻchalarining holati yaxshilanishi koʻzda tutilgan.

Bu ishlar jarayonida poytaxtning 500 ming kv metrdan ortiq maydoni asfalt qilinishi rejalashtirilgan.

Amalga oshirilishi belgilangan eng yirik koʻchalar: Nurafshon va Sebzor kesishmalaridan boshlab Axmad Donish va Yangi shahar koʻchalarining kesishmalarigacha (4,5 km, 98 mlrd soʻm) hamda Fargʻona yoʻli koʻchalarining (7.6 km 97 mlrd soʻm) yoʻl qoplamisini mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi yuzasidan loyihalashtirish va paralel ravishda taʼmirlash ishlari ham boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala