Tramp Si Szinpin bilan muloqot qilishni to‘xtatib qo‘yganini aytdi

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIVstrecha liderov SShA i Kitaya Donalda Trampa i Si Szinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka
Vstrecha liderov SShA i Kitaya Donalda Trampa i Si Szinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, AQSh yetakchisi Si Szinpinga qarshi shaxsiy sanksiya joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini ta’kidlagan.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp uzoq muddatdan buyon Xitoy raisi Si Szinpin bilan muloqot qilmaganini aytdi. U bu haqda Newsmax telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Tramp Xitoy koronavirus pandemiyasi uchun javobgar deb hisoblashini ma’lum qilgan. Zero hukumat virus tarqalishini boshlang‘ich bosqichda to‘xtatishi shart edi.

Kongress SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiya to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi

Shu bilan birga, AQSh yetakchisi Si Szinpinga qarshi shaxsiy sanksiya joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini ta’kidlagan.

Tramp Xitoy bilan savdo munosabatlarini ham yodga olgan. U Amerika tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘tgan yil so‘nggi 67-yil ichida Xitoy iqtisodiyoti uchun eng noxush bo‘lganini ta’kidlagan. Shuningdek, u shunga qaramasdan, ikki mamlakat savdo bitimini tuzishga muvaffaq bo‘lgani va bu “tarixdagi eng buyuklardan biri” bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

COVID-19 pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 6,3 millionga yaqin kishi koronavirusni yuqtirib olgan, ulardan 379 ming nafari vafot etgan.

Vashington Pekinni koronavirus tarqalishida ayblab kelmoqda. Xitoy hukumati ushbu da’volarni rad qilib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0