Mirziyoyev bu yilning asosiy rejasini aytdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga joriy yil 1 oktabrgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Endilikda tuman (shahar) sektor rahbarlari eng qiynalgan va muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirib, ularni kambag‘allikdan xalos etish rejasini ishlab chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev dehqon bilan suhbatda boy bo‘lish sirini aytdi

Yig‘ilishda ta’kidlandiki, pandemiya sharoitida eng farovon davlatlarda ham aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish katta muammo bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda ham ishsizlar soni ko‘paydi. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, pandemiya 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari. Bu borada komleks va hududiy dasturlar ishlab chiqilgan, vazirlar, hokimlar va sektorlar rahbarlarining vazifalari belgilab berilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar hamda "Saxovat va ko‘mak" umumxalq harakati doirasida muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ro‘yxatlar shakllantirilgan. Ularga muvofiq, bugungi kunga qadar shunday oilalarning 540 mingtasiga 307 milliard so‘mlik ko‘mak berilgan.

Davlat rahbari asosiy maqsad kambag‘al oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini ish bilan ta’minlab, ularni muhtojlikdan chiqarish ekani, shuning uchun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shug‘ullanish zarurligini ta’kidladi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Kambag‘allik nuqson sifatida: o‘zbeklarni pul ishlashni o‘rganishga chorlashdi

"Bu sinovli davrda raqamlar ortidan quvish emas, balki xalqni rozi qilish uchun chin ko‘ngildan ishlash kerak", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda belgilanganidek, tuman (shahar) sektor rahbarlari eng qiynalgan va muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirib, ularni kambag‘allikdan xalos etish rejasini ishlab chiqadi. Viloyat hokimining iqtisodiyot va mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari sektorlar hamda tijorat banklari ishini muvofiqlashtirib, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi. Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida Respublika shtabi ularning hisobotini eshitib, muammolarini hal qilishga vazirlik va idoralar, tijorat banklarini jalb qiladi.

Ushbu tizim Yagona ijtimoiy reyestr uchun ham katta zamin bo‘ladi. Mutasaddilarga yil oxirigacha mazkur reyestrni vazirlik - viloyat - tuman - mahalla kesimida to‘liq joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga joriy yil 1 oktabrgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal iste’mol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0