Dunyoda

AQSH tanazzul yilnomasi: bolalar politsiyadan qoʻrqishga oʻrgatilmoqda

© REUTERS / Eric MillerProtestuyuщiye s plakatom i v zaщitnыx maskax v Minneapolise, SSHA
Protestuyuщiye s plakatom i v zaщitnыx maskax v Minneapolise, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Gʻarb dunyosida ijtimoiy qoidalarning yana bir poydevori quladi: yosh avlodni siyosiy mojarolarga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik.

Jorj Floyd oʻldirilishi sabab norozilik namoyishlari kengayishi fonida, Amerika politsiyachilarning irqchiligiga qarshi kurashda Londonda namoyishchilar Britaniya bosh vazirining qarorgohiga bostirib kirishga urinayotganda Gʻarbiy dunyoda ijtimoiy qoidalarning yana bir poydevori deyarli sezilmay quladi: yosh avlodni keskin siyosiy mojarolarga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik.

Besporyadki v SSHA: Belыy dom otgorodilsya zaborom ot protestuyuщix - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQShdagi tartibsizliklar: Oq uy temir devor bilan oʻrab olindi

Bu safar hal qiluvchi qadamni biznes qoʻydi.

Mashhur bolalar telekanali Nickelodeon efirni toʻxtatib 8 daqiqa 46 soniya (rasmiy maʼlumotlarga koʻra, politsiyachi Floydning aynan shu muddat boʻynini bosib turdi) qora ekranda "nafas ololmayapman" iborasi odamning nafas olishi tezligi bilan paydo boʻlib yoʻqolib turdi. Videorolik oxirida fuqarolik huquqlarini himoya qilish tashkilotlardan biriga kirishga chaqiruv bor edi.

Lego korporatsiyasi ham qora tanlilar bilan birdamlikni eʼlon qilib, norozilik harakatiga qoʻshildi. Kompaniya politsiya boʻlimlari va oʻt oʻchirish boʻlimlari, patrul mashinalari, politsiyachilar va jinoyatchilarning shakllari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa elementlarni oʻz ichiga olgan oʻyinchoq toʻplamlarini reklama qilishdan voz kechdi.

Gʻarb oʻzining yosh avlodi ustidan oʻtkazayotgan dahshatli eksperiment endi ajablantirmayapti. Bolalar ongiga (va tanalariga) navbatdagi liberal siyosiy toʻgʻrilik mafkurasini uning eng radikal shaklida kiritilishi haqidagi yangiliklar odatiy hol boʻlib qoldi, hox u hayvonot bogʻida jirafani ommaviy ravishda oʻldirish bilan bogʻliq harakatlarmi yoki erkin jinsni aniqlash siyosati doirasida balogʻatga yetishni toʻhtatish boʻyicha tibbiy muolajalar toʻgʻrisidagi boʻlsin.

Bularning barchasi Gʻarbiy jamiyatni va uning katta yoshdagi qismini tobora koʻproq boʻlib tashlayotgan ihtilofning muhim qismidir. Ammo, yaqin vaqtlargacha siyosat bolalarga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatmayotgan edi.

Stolknoveniya demonstrantov s politsiyey vo vremya aktsii protesta v Oklende, Kaliforniya - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
AQShda irqchilikka qarshi kurash qanday qilib talonchilar bilan jangga aylandi

Liberallar va konservatorlar yoshlarga taʼsirga egalik qilish uchun shiddatli kurashlarda toʻqnashishi mumkin edi, ammo har ikkala tomon uchun ham bolalardan belgilangan qonun-qoidalarga boʻysunadigan fuqarolar yetib chiqishi muhim edi. Gap oʻnta toʻpponcha qonuniy arsenaliga ega boʻlgan Texas reyndjeri haqida ketadimi yoki aqli zaifroq har kuni tibbiy marixuanaga muhtoj boʻlgan nozik Nyu-Yorklik jinsi suyuq xipster haqidami, buning farqi yoʻq. Zero, hozirgi paytda mamlakatga kim rahbarlik qilishidan qatʼiy nazar, u barchaga bir.

Aynan shu mantiq oʻz paytida AQShda chaqaloqligidan boshlab fuqarolarga siyosiy va vatanparvarlik tarbiyasining taʼsirchan samarali tizimini yaratishga imkon berdi. Unda bir necha 10 yillar davomida Amerikaning qadr-qimmatlari va yutuqlariga alohida eʼtibor berilib, kamchiliklar oqilona yumshatildi va milliy birlikni shakllantirildi.

Politsiyaning shafqatsizligi, shu jumladan halokatli oqibatlar bilan, shuningdek qonunni himoya qilishi kerak boʻlgan odamlar tomonidan boshqa qonunbuzarliklar bilan hamma joyda ham uchraydi. Ammo huquqni muhofaza qilish idoralari davlatning ustuni va eng muhim unsuri boʻlib xizmat qiladilarki, oddiy vaziyatda vaziyatda na bitta amerikalik siyosatchi, na birorta ijtimoiy-siyosiy kuch butun politsiyani qoralashga qodir boʻlolmasligi kerak. Bunday holatlarda, odatda, bir yoki bir nechta hodisalar orqali umuman butun tizimni baholab boʻlmaydi, ochiqlanib qolgan keng koʻlamli kamchilik asosiy narsani - koʻpchilik hodimlar tomonidan oʻz vazifasini vijdonan bajarishini yoʻqqa chiqarmasligi kerak.

Amerikanskaya voyennaya texnika pered perebroskoy v Yevropu dlya uchastiya v ucheniyax DEFENDER-Europe 20 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Virus qayda qoldi?”: Polshada AQSH qoʻshinlari ishtirokida harbiy mashq boshlandi

Biroq, bunday qoida nafaqat AQShda, balki deyarli butun dunyoda ishlaydi.

Ayniqsa bolalarni, ichki ishlar idoralari – hox oʻzimizda "mening militsiyam meni himoya qiladi" yoki Amerikada "xizmat va himoya qilmoq" shiorlari orqari ularning xizmati haqida ijobiy tasavvurlarni shakllanishiga harakat qilish orqali hayotning qorongʻu tomonlardan himoya qilish odat tusiga kirdi. Ular ulgʻaygani sari va ulgʻayganida ham hayotda hamma narsa ham boʻyoqlarga boy detektivlardegidaka emasligini anglash va qabul qilish imkoni boʻladi.

Nickelodeon va Lego harakatlari bu masalada ham keskin oʻzgarishlar yuz berayotganidan dalolat beradi.

Kanalning deyarli 9 daqiqali videosi bolalarning eʼtiborini irqchilik muammosiga qaratmaydi. Aslida, maʼyus va qoʻrqinchli video kichkina tomoshabinlarga oddiy bir fikrni ongiga singdiradi: "Amerika politsiyasi odamlarni oʻldirmoqda" - bu orqali ularga huquq-tartibot idoralariga nisbatan qoʻrquvni singdiradi.

Bolalardagi qasddan shakllangan qoʻrquv esa ulgʻayib katta boʻlganida nafrat va buzgʻunchilik hissi shakllanishiga olib keladi.

Ammo davlat esa xuddi shu tartibni va davlatning oʻzini himoya qiladigan tuzilmalarsiz yashay olmaydi. Fuqarolarni davlat mexanizmining muhim qismini rad etishni singdirish qismida olib borilayotgan izchil va keng koʻlamli harakatlar kelajakda koʻplab kutilmagan hodisalarni kafolatlaydi.

Agitatsionnыy plakat za obщerossiyskoye golosovaniye po popravkam v Konstitutsii v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Geylarga qarshi normalar uchun kim bizni uyaltirmoqda?

AQShdagi hozirgi siyosiy qarama-qarshiliklar umuman Amerika tizimiga tahdid solayotganini gapirish odat tusiga kirdi, chunki uning aʼzolari, prezidentlarning qotilliklarigacha boʻlgan, jiddiy inqirozlarni yengib oʻtishga sabab boʻlgan va bu tizimning ustunlaridan boʻlib kelayotgan asosiy qoidalarni bajarishdan faol bosh tortmoqdalar. Borgan sari Trampga qarshi kurashda, uning raqiblari butun boshli institutlarni va hukumatning eng muhim sohalarini nomaqbul yetakchi bilan bogʻlab, davlatning oʻziga zarba bermoqdalar. Xuddi shu formatda global media-resurs egalari yosh avlodni tarbiyalashni boshlayotgani esa, u yerda vaziyat qanchalar chuqurlashib ketganidan dalolat bermoqda.

Amerika Rossiyaga yaxshi maʼlum boʻlgan mantiqqa binoan oʻz-oʻziga nafrat va oʻzini yoʻq qilish yoʻliga turishga tayyor: "nomaqbul prezident - vahshiy davlat mexanizmlari - yoʻq qilinishi kerak boʻlgan laʼnati davlat – halokatga muqarrar davlat". Ayrim siyosiy kuchlar bunday gʻoyani bizga singdirishga shunchalar uzoq vaqt davomida astoydil harakat qilishmoqda-ki, jamiyatda bunga allaqachon maʼlum bir immunitet shakllandi.

Endi masala shundaki, AQShni oʻzini toʻxtata oladimi. Agarda yosh amerikaliklarda politsiyaga nisbatan qoʻrquv va nafratni rivojlantiralaversa, unda buning ehtimolligi nolga teng.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala