Dunyoda

COVID-19 laboratoriyadan nazoratsiz chiqib ketgan boʻlishi mumkin - Britaniya razvedkachilari

© REUTERS / CHINA DAILYLecheniye patsiyentov v tsentralnoy bolnitse goroda Uxan
Lecheniye patsiyentov v tsentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik Oʻzbekiston
Shu vaqtga qadar XXR boshidanoq koronavirus infektsiyasi epidemiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish borasida ochiq va masʼuliyatli pozitsiyada boʻlgani bir necha bor taʼkidlagan edi.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. MI6 Britaniya razvedkasining sobiq rahbari Richard Dirlav xulosasiga koʻra - COVID-19 Xitoyning Uxandagi laboratoriyasidan baxtsiz hodisa natijasida tarqab ketgan boʻlishi mumkin. Bu haqda Telegraph gazetasiga asosan Sputnik radiosi xabar qilmoqda.

Nashr bilan suhbatda Dirlav yangi "muhim" ilmiy hisobot bilan tanishib chiqqanini maʼlum qildi, unda taʼkidlanishicha, virus tabiiy ravishda paydo boʻlmagan va sunʼiy ravishda xitoylik tadqiqotchilar tomonidan yaratilgan. Gap, bu hafta paydo boʻlgan britaniyalik va norvegiyalik olimlarning ilmiy maqolasi haqida ketmoqda, deya qoʻshimcha qildi u.

"Menimcha bu (koronavirus infektsiyasi epidemiyasi – tahr.) baxtsiz hodisa sifatida boshlandi. Savol tugʻiladi: agar Xitoy qachondir javobgarlikni tan olsa, unda tovonni toʻlaydimi? Oʻylaymanki, bu dunyodagi har bir mamlakat Xitoy bilan munosabatlarni va xalqaro hamjamiyatning Xitoy rahbariyatiga boʻlgan munosabatini qayta koʻrib chiqishiga majbur qiladi", - dedi MI6 Britaniya razvedkasining sobiq rahbari.

Dirlav London Universitetining avliyo Georgiy kasalxonasidagi professor Angus Dalglish va norvegiyalik virusolog Birger Sorensenning qoʻshma maqolasi "virus qanday rivojlanib, pandemiyaga aylangani haqida davom etayotgan munozaralarda juda muhim hissa" ekanligini taʼkidladi.

Letuchiya mыsh  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy koronavirus Uxan bozoridan tarqalgan, degan versiyani rad etmoqda

Nashr ilmiy maqola bir necha bor qayta yozilganligini va hali biron marta ilmiy jurnalda nashr etilmaganligini taʼkidlamoqda.

Amerika yetakchisi Donald Tramp ilgari AQShda yangi koronavirus Uxan laboratoriyasida paydo boʻlishi versiyasini koʻrib chiqilayotganini va uning kelib chiqishini aniqlamoqchi ekanliklarini aytgan, deb eslatadi “360”. Tramp, Pekin qasddan COVID-19 tarqalishiga yoʻl qoʻyganligi aniqlansa, Xitoyni salbiy oqibatlar bilan qoʻrqitdi. Keyinroq, AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo AQShda Xitoy koronavirus bilan bogʻliq vaziyatni yashirayotganligi haqidagi dalillar borligi haqida gapirdi.

11 mart kuni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikning 6,2 milliondan ortiq holati aniqlandi, 380 mingdan ortik odam vafot etdi.

Avvalroq Sputnik  radiosi, BSST vitaminlar yordamida COVIDdan xalos boʻlish mumkinmi degan savolga javob berganini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala