Siyosat

Germaniya Markaziy Osiyoda faqat Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi - DW

© AFP / TOBIAS SCHWARZShavkat Mirziyoyev i Angela Merkel
Shavkat Mirziyoyev i Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi sheriklar sonini 85tadan 60taga qisqartirmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo yoʻnalishida Oʻzbekistondan boshqa davlatlar "bort ortida" qolgan

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Germaniya tashqi siyosatda oʻz strategiyasini qayta koʻrib chiqmoqda va koʻplab sherik-davlatlar bilan hamkorlikdagi loyihalarni toʻxtatmoqda, deb xabar qildi Deutsche Welle.

V Germanii ustanovili memorialnuyu dosku v chest uzbekskix voinov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Germaniyada oʻzbek xalqining mard oʻgʻlonlari xotirasiga yodgorlik oʻrnatildi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi sheriklar sonini 85tadan 60taga qisqartirmoqda.

Idora rahbari Gerd Myullerning rasmiy bayonotiga muvofiq, vazirlik tomonidan roʻyxatdan oʻchirilgan ayrim davlatlar "shu darajada taraqqiy etganki, endilikda koʻmakka muhtoj emas". Boshqa davlatlarda esa Germaniyaning yordami "boshqa davlatlar fonida" shunchaki koʻrinmay qolmoqda.

Shu bilan birga, idora, ushbu davlatlar bilan muloqotni davom ettirishini, ammo u yangi shaklda davom etishiga ishontirgan, yoʻlga qoʻyilgan loyihalar esa, albatta, yakuniga yetkaziladi.

Krupneyshaya priportovaya j/d stantsiya Dalnevostochnoy jeleznoy dorogi Naxodka - Vostochnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Germaniya kompaniyasi Oʻzbekistonga temir yoʻllarni rivojlantirishda yordam beradi

Xususan, Markaziy Osiyoda Germaniya faqatgina Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Turkmaniston va Qozogʻiston bilan hamkorlik toʻliq toʻxtatilmoqda, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan faoliyat esa mavjud bitimlar boʻyichagina davom ettiriladi. Shu bilan birga ushbu loyihalar muddati uzaytirilishi mumkinligi qayd etilgan.

Germaniya moliya vazirligining ushbu qarori nemis deputatlarining tanqidiga uchragan. Bundestagning "Germaniya - Markaziy Osiyo" parlament guruhi rahbari, deputat Manfred Grund ushbu qaror boʻyicha oʻzining hayratini yashirmagan va mintaqadagi koʻpgina masalalarni faqatgina Oʻzbekiston bilan hal etish mumkin emasligini, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ishtiroki ham muhimligini aytgan.

Grund fikricha, Germaniya oʻzining bu "ketishi" bilan "moliyaviy va texnologik tuynuklarni qoldirmoqda va ularni bajonidil boshqalar, misol uchun, Xitoy tez orada toʻldirishi mumkin".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala