O‘zbekistonda koronavirus: 5-iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishNMIS xirurgii im. A.V. Vishnevskogo
NMIS xirurgii im. A.V. Vishnevskogo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 140 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 3 227 nafarga yetdi.

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Avtobusi Tashkenta dezinfitsiruyutsya dlya predotvrasheniya infeksionnix zabolevaniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtobus harakatlari qayta yo‘lga qo‘yiladi

Bir sutka davomida 48 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3987 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafar Toshkent shahridan (8 nafari aholi orasida, 4 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari xorijdan kelgan), 2 nafar Sirdaryo viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Namangan viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan), qolgan 2 nafari Karantin markazidagi (xorijdan kelgan) fuqarolar orasida qayd etilgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 140 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 3 227 nafar.

Ayni paytda 744 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Turkiyaga parvoz

Turkiya iyun oyida O‘zbekiston bilan vaqtincha to‘xtatilgan aviatashuvlarni qayta tiklashni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Xorijdan keladigan barcha fuqarolar aeroportlarning o‘zida koronavirusga testdan o‘tkaziladi. Turkiya fuqarolari 14 kun uyida o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga amal qilishga majbur bo‘ladi.

Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 yangi aniqlangan bemorlarning aksariyati - karantinga olinganlar orasida

Karantin qachon tugaydi?

O‘zbekistonda koronavirus kasalligi bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin choralari bekor qilinishi mumkin.

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifingda aytib o‘tildi.

"15 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?", degan savolga javob berar ekan, Qurbonov karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi — koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanishini ta’kidladi.

"Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi", - dedi u.

Yashil hududdagi masjidlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonot e’lon qildi.

Predsedatel Sentralizovannoy religioznoy organizatsii Duxovnogo upravleniya musulman Zabaykalskogo kraya, muftiy Almaz Salaxov vo vremya pramoy translyatsii prazdnichnoy molitvi v rejime onlayn v Chitinskoy sobornoy mecheti - Sputnik O‘zbekiston
"Yashil" hududlardagi masjidlarda namoz o‘qish bo‘yicha talablar belgilandi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda 2020-yil 8-iyun, dushanba kuni bomdod namozidan boshlab, kunlik besh vaqt farz namozlari ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda (1,5-2 metr) ado etiladi.

Avtobus qatnovi

8 iyundan — “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 6,7 milliondan oshdi, 391 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0