Dunyoda

Rossiyada migrantlar uchun onlayn-platforma joriy etilmoqda 

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishVыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada yaratilayotgan yangi platforma nafaqat migrantlarga davlat xizmatlarini onlayn tartibda olish, balkim migratsiya jarayonini yaxshiroq nazorat qilish imkonini ham beradi.

TOSHKENT, 5 iyun - Sputnik. Rossiya Federal Migratsiya xizmatining sobiq rahbar oʻrinbosari Vyacheslav Postavnin migrantlar uchun ishlab chiqarilayotgan yangi platformaning ustuvorlik tomonlari haqida Sputnik radiosiga aytib berdi. 

Uning soʻzlariga koʻra yangi platforma - bu zamonaviy yechim boʻlib, u migratsiya bilan bogʻliq jarayonlarni yengillashtirish, migrantlarga davlat xizmatlarini onlayn ravishda koʻrsatish imkonini yaratadi. 

Oʻzbekiston va Tojikistonlik mehnat migrantlari oʻz vatanida boʻla turib ushbu platformaga kirishi va patent rasmiylashtirish jarayonlarini boshlash imkoniga ega boʻladi. Undan tashqari bu mehnat jarayonini nazorat qilish hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan ham yaxshi, biz kim qayerda ishlab qayerda yashayotganini bilib turamiz, - deydi Postavnin.   

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Rossiya IIV mehnat migrantlari uchun Gosuslugi.ru portaliga oʻxshash onlayn platforma yaratilayotgani va unda turli davlat xizmatlarini onlayn olish mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

Inostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyada chet el fuqarolariga ham xorijliklarni roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berilishi mumkin

Shu bilan birga Davlat Dumasi yaqinda chet el fuqarolari oʻzlariga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obʼyektlarida xorijliklarni roʻyxatga qoʻyish huquqini beruvchi qonun qabul qilgan edilar. Yangi qonunga koʻra kelajakda migrantlar uchun muhim boʻlgan "Registratsiya" hujjatini onlayn olish tartibi ham nazarda tutilgan. 

Ushbu platforma texnik jihatdan qanday amalga oshirilishini hamda qachon ishga tushishi hozircha nomaʼlum. 

Sobiq amaldor bilan suhbatni Sputnik podkastida batafsil tinglang.

Postavnin: onlayn-platforma dlya migrantov - eto sovremennoye resheniye
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala