O‘zbekistonda karantin qachon tugashi aytildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaLyudi na rinke v Tashkente vo vremya karantina iz-za COVID-19
Lyudi na rinke v Tashkente vo vremya karantina iz-za COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosariga ko‘ra, agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus kasalligi bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin choralari bekor qilinishi mumkin.

Mejdunarodniy aeroport imeni Ataturka - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya iyun oyi davomida O‘zbekiston bilan aviaparvozlarni tiklaydi

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifingda aytib o‘tildi.

"15 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?", degan savolga javob berar ekan, Qurbonov karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi — koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanishini ta’kidladi.

"Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi", - dedi u.

Shuningdek, brifingda ma’lum iilinishicha, Transport vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyat hisobga olinib "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratish hamda bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash o‘rganib chiqilib, takliflar tayyorlanmoqda. 

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi yakuniy xulosasi to‘g‘risida axborot beriladi.

Yangiliklar lentasi
0