Ilon va echkiemar o‘rtasida o‘lim jangi videoga olindi

CC0 / pixabay / Zmeya. Illyustrativnoe foto
Zmeya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Afrika Respublikasida joylashgan Kruger parkida turistlar ilon va katta echkiemar o‘rtasida o‘lim jangini videoga olishdi.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. JAR Kruger milliy parkida turistlar ilon va echkiemar o‘rtasida jangni tasvirga olishdi. Rolik park ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirildi.

Mehmonxona ishchisi Kristi Delanjning so‘zlariga ko‘ra, ilon birinchi bo‘lib echkiemarga hujum qildi.

Boshida ilon o‘ljasini bo‘g‘ishga harakat qildi, lekin echkiemar o‘zini himoya qildi.

Sudralib yuruvchilar ikki soat davomida bir-birini qo‘yib yubormay jang qilishdi. Ammo eskiemarning kuchi qolmadi va ilon uning bo‘yniga yopishdi. Keyin ilon ustun keldi va o‘ljasini yutib yubordi.

“Echkiemar kattagina edi, ilon bir necha hafta to‘q bo‘lib yurdi”, - deydi ayol.

Yangiliklar lentasi
0