Iqtisod

Xitoy Oʻzbekiston orqali Yevropaga chiqadigan yangi transport koridorini ishga tushirdi

© Sputnik / Igor OnuchinPodvijnoy sostav na putyax sortirovochnoy stantsii
Podvijnoy sostav na putyax sortirovochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Turkmaniston" yoʻnalishida tranzit tashuvlari muvafaqqiyatli amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda Trasport vazirligi.

TOSHKENT, 6 iyun - Sputnik. Xitoy Oʻzbekiston orqali oʻtadigan yangi transport yoʻlagini tashkil qildi. U XXRdan Yevropaga chiquvchi xalqaro yoʻlakning birinchi qismiga aylanadi. 

Teplovoz s gruzovыmi vagonami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Qozogʻiston temir yoʻl transportida yuk tashish tariflarini 50 foizga pasaytiradi

 

Kecha, 5 iyun kuni Xitoyning Lanchjou shahridan 25 ta 40 futli konteynerlarda eksport yuki ortilgan poyezd "Lanchjou – Qashgʻar – Irkeshtom – Oʻsh – Andijon –  Toshkent – Mari" yoʻnalishida multimodal tranzit tashuvni amalga oshirish uchun yoʻlga chiqdi.

"Mazkur yoʻnalish boʻylab multimodal yuk tashuvlarini yoʻlga qoʻyish "Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy" avtomobil koridori imkoniyatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasidir", - deyiladi Transport vazirligi xabarida. 

Eslatib oʻtamiz, "Lanchjou – Qashgʻar – Irkeshtom – Oʻsh – Andijon –  Toshkent – Mari" yoʻnalishi boʻylab ilk multimodal tranzit yuk tashuvi joriy yilning may oyida amalga oshirilgan.

Yoʻnalish boʻylab yuk tashuvi "temir yoʻl transporti – avtomobil transporti – temir yoʻl transporti" sxemasida tashkil etilgan edi. Ilk jarayonning oʻziyoq "Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy" avtomobil koridori imkoniyatlari nihoyatda katta ekanligini namoyish etdi. Boshqa davlatlar yuklarini jalb qilgan holda bu kabi multimodal tashuvlarni tashkil etish bir nechta davlatlarning xalqaro transport va savdo tizimlariga muvaffaqiyatli integratsiyasiga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0