Tojikistonda erkak amaldorlar ko‘z o‘ngida o‘zini yoqib yubordi

© © Sputnik / Amir IsayevGorod Dushanbe, vid iz samoleta, arxivnoe foto
Gorod Dushanbe, vid iz samoleta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliya boshqarmasidagilar ro‘y bergan hodisadan xabardorliklari, ammo erkak harakati sabablaridan bexabarliklarini ma’lum qilishgananlar.

TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. Tojikistonning Kulob shahrida 63 yashar erkak o‘zini moliya boshqarmasi oldida yoqib yubordi, u tanasida 95% kuyish bilan kasalxonaga olib kelingan, deb xabar qilmoqda Sputnik radiosi.

Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
GAIga jahl qilgan haydovchi "Matiz"ini yoqib yubordi

Xabarda qayd etilishicha, shanba kuni ertalab Zarif Abdulloyev moliya boshqarmasi binosi qarshisida o‘zini pichoq bilan jarohatlagan, so‘ngra ustidan benzin quyib, o‘z-o‘zini yoqib yuborgan.

Jabrdiyda ichki qon ketish va tanasining 95%i kuygan bir ahvolda kasalxonaga olib borilgan. Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, Abdulloyevni operatsiya qilishgan, ammo hozirda uning ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda.

Moliya boshqarmasida ro‘y bergan hodisadan xabardorliklari, ammo erkak harakati sabablaridan bexabarliklarini ma’lum qilganlar.

"Menga allaqanday Zarif Abdulloyev o‘zini Kulob moliya boshqarmasi oldida yoqib yuborganini aytishdi. Ammo hozircha ushbu harakat sababini bilmayman. Faqatgina, Zarif Abdulloyev non sexiga ega ekanligidan xabardorman", – deb aytgan Xatlon viloyati moliya bosh boshqarmasi rahbari Baxtiyor Nazarzoda.

OAVda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Abdulloyev Kulob moliya boshqarmasi bilan hamkorlik qilgan va viloyat markazidagi maktabgacha muassasalarni oziq-ovqat bilan ta’minlagan. Boshqarma unga avval boshda qilinadigan barcha harajatlarni qoplab berish va’dasini bergan, ammo keyinchalik erkak amaldorlardan va’da qilingan pullarni qaytarish borasida ko‘p marotaba rad javobini olgan.

Yangiliklar lentasi
0