Dunyoda

Koronavirus Markaziy Osiyoda: Qozogʻiston aniqlangan holat va oʻlim boʻyicha yetakchi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishSotrudnik laboratorii vo vremya testirovaniya prob na koronavirus
Sotrudnik laboratorii vo vremya testirovaniya prob na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyo davlatlarida jami 23 mingdan koronavirus bogʻliq holat qayd etilgan. Aniqlangan holatlar boʻyicha katta farq bilan Qozogʻiston yetakchilik qilmoqda.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Soʻnggi taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlarida jami 23 335 ta koronavirus bilan bogʻliq holat qayd etilgan.

Qozogʻiston aniqlangan holat oʻlim boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda oʻtgan kun davomida 183 ta yangi holat tasdiqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 12 694 nafarga yetgan. Shulardan 7135 nafari tuzalib ketgan. 53 ta oʻlim holati kuzatilgan.

May oyi boshida mamlakatda koronavirus aniqlanganini eʼlon qilgan Tojikiston bugungi kunga kelib holatlar boʻyicha Oʻzbekiston va Qirgʻizistonni ortda qoldirgan holda mintaqada ikkinchi oʻringa chiqib olgan. Tojikistonda oʻtgan kun davomida 83 kishida koronavirus aniqlangan. Shu tariqa, COVID-19 yuqtirib olganlar soni 4453 nafarga yetgan. Shulardan 2583 nafari tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan. Qurbonlar soni esa 48 kishini tashkil etmoqda.

Jiteli Samarkanda okolo pamyatnika pervomu prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pandemiya davrida Oʻzbekistonda necha kishi ishsiz qolgani maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda oʻtgan kun davomida 87 ta yangi holat aniqlandi. Shulardan bemorning 62 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 20 tasi aholi orasida, 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. 7 iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 4181 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 3268 nafari butunlay davolanib chiqqan. Virusdan 17 ta oʻlim holati kuzatilgan. Bu boshqa davlatlarga qaraganda eng past koʻrsatkich.

Qirgʻizistonda oʻtgan kun davomida 33 ta yangi koronavirus holati tasdiqlangan. Mamlakatda jami 2007 kishi ushbu kasallikni yuqtirib olgan. 1425 kishi COVID-19ni yenggan. 22 nafar bemor vafot etgan.

Turkmanistonda esa hozirga qadar koronavirus rasman qayd etilmagan va u mintaqadagi infektsiyadan xoli mamlakat boʻlib turibdi.

Butun dunyo boʻylab 7 millionga yaqin kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 3,4 milliondan ortiq kishi shifo topgan. Qurbonlar soni 400 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala