Marg‘ilonda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTexnopark Digital City v Andijane
Texnopark Digital City v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markazda o‘rta maktablarning 7 va 11-sinf o‘quvchilari, axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar, talabalar shu yo‘nalishlarda o‘qitiladi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi doirasida Marg‘ilonda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Ochilish tadbirida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Mechtay, ver i postroy eto: v Tashkente otkrilsya perviy IT-park - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekistondagi ilk zamonaviy IT Park ishga tushdi

Ikki qavatli, jami 3100 kvadrat metr maydonni egallagan bu ko‘rkam binoda 120 ta ish o‘rni yaratilgan. Markazda o‘rta maktablarning 7 va 11-sinf o‘quvchilari, axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar, talabalar shu yo‘nalishlarda o‘qitiladi. Kelgusida ular Farg‘ona viloyatida ochiladigan IT-park filialida ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur markazda davlat tashkilotlari xodimlari hamda maktablarning axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining AKT bo‘yicha malakasi oshirib boriladi.

Ta’kidlanishicha, 2020-2021 yillarda viloyatda shunday 19 ta markaz ochilishi rejalashtirilgan, jumladan, joriy yilning o‘zida Dang‘ara, Bag‘dod  Rishton tumanlari va Farg‘ona, Qo‘qon va Quvasoy shaharlarida raqamli texnologiyalar markazlari ishga tushiriladi.

Yangiliklar lentasi
0