Xorazmda bir erkak jasadi g‘ayrioddiy holatda topildi

CC BY-SA 4.0 / Carpodacus / Bolshoy Ferganskiy kanal (Karadarinskiy trakt) bliz goroda AndijanBolshoy Ferganskiy kanal imeni Usmana Yusupova
Bolshoy Ferganskiy kanal imeni Usmana Yusupova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatida qidirilayotgan erkakning murdasi Shovot kanalidan topilgan mashina ichida zanjir bilan bog‘langan holda topildi.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyatining Shovot kanalidan topilgan avtomashina ichidan zanjir bilan bog‘langan erkak murdasi chiqqanligi haqida xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 17-aprel kuni Xazorasp tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro T.K. bedarak yo‘qolganligi holati yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida “Chap qirg‘oq” suv taqsimlash inshooti (kanali)dan “Tiko” rusumli avtomashina va avtomashina haydovchi o‘rindig‘ida T.K. bo‘ynidan zanjir bilan avtomashinaning rul qismiga qulflangan holdagi murda topilgan.

© Press-slujba GenprokuraturiV kanale v Xorezmskoy oblasti obnarujen avtomobil Tico, k rulyu kotorogo sepyu bil prikovan mujchina.
Xorazmda bir erkak jasadi g‘ayrioddiy holatda topildi - Sputnik O‘zbekiston
V kanale v Xorezmskoy oblasti obnarujen avtomobil Tico, k rulyu kotorogo sepyu bil prikovan mujchina.

Hozirda uning o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0