Oʻzbekiston Nodavlat taʼlim muassasalari uyushmasi prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripovga murojaat qildi. Oʻqituvchilar ochiq xat bilan taʼlimning xususiy sektorini yoʻq boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikni va barcha zarur sanitariya talablariga javob bergan holda xususiy oʻquv muassasalari ishiga ruxsat berishni iltimos qilishdi.
Ushbu murojaat yuzasidan OIM jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti dekanining birinchi oʻrinbosari Igor Kovalyov fikr bildirdi.
"Agar hech boʻlmaganda qisman onlayn formatga oʻtish imkoni boʻlmasa, soha katta zarar koʻrishi aniq", - dedi mutaxassis.
Umuman olganda, uning fikricha, respublikada boshlangʻich va yuqori darajadagi davlat taʼlim tizimi ustunlik qilishi kerak.
“Xususiysiga umid qilish uchun davlat boy boʻlishi kerak, barcha fuqarolar esa badavlat boʻlishi kerak. Ammo Oʻzbekistondagi hamma ota-onalar ham oʻz farzandining taʼlimi uchun pul toʻlashga qodir emas. Shuning uchun, oʻylaymanki, davlat tizimiga ustuvorlik berilishi kerak, ammo ayni paytda, davlatniki dogmatik boʻlib qolmasligi va qotib qolmasligi uchun muayyan bir raqobatni vujudga keltiradigan xususiy tuzilmani ham oʻziga xos oʻrinbosar sifatida rivojlantirish kerak", - dedi Kovalyov.