Toshkentda Sankt-Peterburg universiteti filiali ochiladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishSankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy universitet
Sankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy universitet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki bosqichda filial uch yo‘nalish bo‘yicha - sharq tillari filologiyasi, sharq mamlakatlari etnografiyasi va iqtisodiyoti, shuningdek, biotibbiyot mutaxassislari tayyorlanadi.

TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Bu yil Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali ochilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston prezidentining tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yilgan. Hujjat  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

“Toshkent shahrida Oliy ta’lim Federal davlat budjet ta’lim muassasasi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” (SPbDU) (Rossiya Federatsiyasi) filialini tashkil etishga ma’qullashga shartlarda rozilik berilsin”, - deyilgan hujjat matnida.  

Filial kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda ta’limning kelishilgan asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.

Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston
Uchta oliygohda masofadan turib o‘qitish joriy etiladi

Filialda ta’lim Rossiya qonunchiligiga muvofiq, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilangan ta’lim standartlariga mos ravishda rus tilida olib boriladi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonning oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi Universitet diplomi beriladi.

Yangi universitet bu yil birinchi talabalarni qabul qilishni rejalashtirilmoqda.

Kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ta’limning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari):

1. Filologiya (sharq tillari bo‘yicha)

2. Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha)

3. Biotibbiyot (kimyo, biologiya, fizika, psixologiya va boshqalar).

Eslatib o‘tamiz, may oyida O‘zbekistonda Rossiya universitetlarining oltita filiali ochilishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Moskva davlat universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz instituti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallaridan tashqari O‘zbekistonda MGIMO, "MISiS" Milliy ilmiy-texnologik universiteti, "MIFI" Milliy ilmiy-tadqiqot yadro universiteti, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, "MEI" Milliy tadqiqot universiteti va Astraxan davlat texnik universiteti filiallari ham ochildi.

Yangiliklar lentasi
0