Dunyoda

Eron generali haqidagi maʼlumotni AQShga berganlikda ayblangan shaxs oʻlimga mahkum qilindi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishVid na telebashnyu Bordj-ye Milad v Tegerane
Vid na telebashnyu Bordj-ye Milad v Tegerane - Sputnik Oʻzbekiston
Eronda Amerika razvedkasiga general Qosim Sulaymoniyning bir joydan boshqa joyga harakatlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berganlikda ayblangan shaxs qatl ettiriladi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Eronda Amerika razvedkasiga general Qosim Sulaymoniyning bir joydan boshqa joyga harakatlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berganlikda ayblanayotgan Mahmud Musaviy Majd oʻlimga mahkum qilindi. Bu haqda RIA Novosti Eron davlat telekanali IRIB maʼlumotlariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Majdni Amerika markaziy razvedka boshqarmasi va Isroilning “Mossad” radvedkasi josusi deb atashmoqda.

Protestuyuщiye s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3 yanvarya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tehron Sulaymoniy oʻlimi uchun Vashingtonga javob hali nihoyalanmaganini maʼlum qildi

“U Amerika dollari uchun Eron inqilob posbonlari korpusining “Quds” (unga Sulaymoniy boshchilik qilgan edi – Sputnik.) kuchlarida josuslik bilan shugʻullangan, dushmanlarga Qosim Sulaymoniyning bir joydan boshqa joyga harakatlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etgan”, - degan sud hokimiyati rasmiy vakili Gulomhusayn Ismoiliy.

Tez orada hukm ijro etilishi taʼkidlangan.

AQSH 3 yanvar kuni Bagʻdodda Eron generali Sulaymoniyni yoʻq qilish boʻyicha harbiy amaliyot oʻtkazdi. Bunga javoban Eron Amerika harbiylari joylashgan Iroqdagi bazaga raketa zarbasini berdi. Avvaliga AQSH prezidenti Donald Tramp va Pentagon rahbari hujum oqibatida jabrlanganlar yoʻqligini maʼlum qildi. Keyinchalik jabrlanganlar borligi tan olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala