Dunyoda

Fantastikaga oʻxshaydi - huquqshunos MN17 boʻyicha boshlangan sud haqida

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishVozmojnыe povrejdeniya ot aviatsionnoy pushki ili oskolkov raketы na krыle Boeing 777
Vozmojnыe povrejdeniya ot aviatsionnoy pushki ili oskolkov raketы na krыle Boeing 777 - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina tomon Donetsk yaqinida halokatga uchragan MN17 reysi boʻyicha dastlabki radar maʼlumotlarini taqdim etmadi, AQSH ham sputnik fotosuratlarini yashirmoqda.

TOSHKENT, 9 iyun - Sputnik. Niderlandiya prokurori sud muhokamalari paytida, Kiyev tomon MN17 reysining halokati boʻyicha sudga radarlarning dastlabki maʼlumotlarini taqdim qilmadi.Sputnik radiosi efirida xalqaro huquqshunos Dmitriy Romanenkoning qayd etishicha, Kiyev bu ish boʻyicha maʼlumotlarni yashirish pozitsiyasini egallagan.

Ukraina 2014 yilda Malayziyaning Boeing (MN17 reysi) samolyotining halokati haqidagi dastlabki radar maʼlumotlarini taqdim etmagan, dedi niderladiyalik prokuror Teys Berger sud muhokamasi paytida.

Krusheniye malayziyskogo Boeing na Ukraine - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Bu haqiqatan ham qoʻrqinchli": ekspert MH17 falokatining yangi tafsilotlar haqida

"Ukraina dastlabki radar maʼlumotlarini deyarli taqdim etmadi. Ukraina Niderlandiya Xavfsizlik Kengashiga oʻsha paytda radar ishlamayotgan boʻlganligi sababli hech qanday radar maʼlumotlari qayd etilmaganligini tushuntirdi", - dedi prokuror.

MN17 halokati boʻyicha sud jarayoni Niderlandiyada 9 mart kuni boshlandi. Unda toʻrt kishi - rossiyaliklar Girkin, Dubinskiy, Poʻlatov va ukrainalik Xarchenko aybdor sifatida oʻtmoqda. Sudda Poʻlatovni ikki gollandiyalik va bitta rossiyalik advokatdan iborat xalqaro guruh himoya qilmoqda. Qolgan gumonlanuvchilar sirtdan sud qilinmoqda.

Sputnik radiosida xalqaro huquqshunos Dmitriy Romanenko Kiyev tergov boshidanoq maʼlumotni yashirish pozitsiyasini egallagan degan fikrni bildirdi.

"Boshidanoq tergov aviatsion halokatlarni tergov qilishni tartibga soluvchi meʼyorlarga zid boʻldi. Hatto Ukraina oʻz hududida fuqaro harbiy harakatlar amalga oshirilayotgan hudud ustida osmonni yopib qoʻymaganini gapirmasak ham, aminman sudlar Ukraina davlatidan bu holat boʻyicha savollar berishga imkoni boʻladi. Bundan tashqari, Ukraina boshidanok maʼlumotni yashirish pozitsiyasini egalladi. Shular qatorida, esimizda borki, ayol dispetcher nazardan gʻoyib boʻldi, voqealarni tergovida dastlab paydo boʻlgan, ammo keyin harbiy xizmatdan boʻshagan uchuvchining oʻz joniga qasd qilinishi tergov qilinmadi. Bu savollarning barchasi Ukraina tomonining javobisiz qoldi", - dedi Dmitriy Romanenko.

Ekspertы iz Niderlandov i Malayzii posetili mesto krusheniya Boinga v Donetskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Hech qanday "Buk" yoʻq, lekin asorati bor. MH17 ishida nima hisobga olinmagan?

Uning fikriga koʻra, AQSH vakillari ham xuddi shunday pozitsiyani egallashgan.

"Maʼlumotlarni nafaqat Ukraina tomoni yashirmoqda - qandaydir Amerika fotosuratlari mavjudligi haqida bayonotlar berilmoqda, lekin ommaga oshkor qilinmasligi eʼlon qilinmoqda. Bularning hammasi hatto oʻrta asrlardagi sud jarayonidan ham badtar, bu Yevropa sudida misli koʻrilmagan fantastikaga oʻxshaydi", - deya xulosa qildi Dmitriy Romanenko.

Avvalroq maʼlum boʻlishicha, AQSH hukumati voqea joyining maxfiy sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlarini sud materiallariga kiritishga rozi boʻlmadi. Ushbu suratlar AQSH hukumati tomonidan 2014 yilda Niderlandiya prokurorining soʻroviga javoban yuborilgan memorandumga kiritilganligi aytilgan. Keyinchalik sud ushbu suratlarni ishga qoʻshib qoʻyish mumkinligini va shu bilan ularni ochiqlashni soʻradi.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MN17 reysi bilan parvoz qilgan Malayziyaning Boing samolyoti 2014 yil 17 iyul kuni Donetsk shahri yaqinida halokatga uchradi. Bortida 298 kishi boʻlgan, ularning barchasi haloq boʻlgan. Kiyev halokatda Donetsk tomon oʻzini-oʻzi himoyalash kuchlarini aybladi, ular esa bunday balandlikdagi samolyotni urib tushirishga imkonlari yoʻqligini maʼlum qilgan.

Zavodskoy nomer raketы Buk  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Malayziya samolyotini urib tushirgan raketa Ukrainaga tegishli - Rossiya MV

Niderlandiya Bosh prokuraturasining qoʻshma tergov guruhi aviahalokat tergovini olib bormoqda va avvalroq joriy natijalarni taqdim etdi. Tergovning taʼkidlashicha, Boing Rossiya qurolli kuchlarining Kurskda joylashgan 53-chi zenit raketa brigadasiga tegishli boʻlgan Buk havo mudofaa tizimidan urib tushirilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Qoʻshma tergov guruhining Rossiyani Malayziya Boing samolyotining halokatiga aloqadorligi haqidagi daʼvolari asossiz va afsusni keltiruvchiligini, tergov tuhmatga asoslangan va bir tomonlama ekanligini taʼkidladi.

Rossiya Bosh prokurorining oʻrinbosari Nikolay Vinnichenko bayonotiga koʻra, Rossiya tomoni Niderlandiyaga nafaqat rus radarlarining maʼlumotlarini, balki Boingni urgan Buk tizimining raketasi Ukrainaga tegishli ekanligini va u Kiyev nazoratidagi hududdan uchirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan, ammo tergovchilar bu maʼlumotni eʼtiborsiz qoldirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala