Analitika

Rossiyaning soʻnggi suv osti kemalari yana AQShni qoʻrquvga soldi

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishPodvodnыy kreyser "Knyaz Vladimir" vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya
Podvodnыy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Amerika OAVlari Rossiyaning beshinchi avlod suv osti kemalari imkoniyatlariga yana bir bor baho berishdi. Ular oʻzlari uchun tasalli bermaydigan xulosaga kelishdi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Sergey Ilin. AQShda ochiq harbiy maʼlumotlarning tahlilini odatda The National Interest jurnali olib boradi. Uning nashrlarini koʻpincha boshqalar "koʻchiradi". Va keyin AQSH mudofaa byudjetini oshirishni qoʻllab-quvvatlaydigan siyosatchi va harbiylar bong uradi. Bu shunchaki odat tusiga kirgan.

Bu safar analitik nashr eʼtiborini istiqbolli "Xaski" va "Layka" suv osti kemalariga qaratdi. The National Interest maʼlumotlariga koʻra, agar Rossiya ushbu texnikasi seriyali ishlab chiqarishga topshirilsa, u har qanday kemaga, shu jumladan aviatashuvchilariga jiddiy tahdid soladi.

Suvosti kemalarini kuzatib borish qiyin, ular ulkan zarba kuchiga ega. Intellektual boshqaruv tizimlarining xususiyatlari haqida gapirishga hali erta, ammo ular kemalarda boʻlishi aniq. Kuzatuvchilar fikriga koʻra, Rossiya mudofaa sanoatining bunday yutuqlariga "ishonish qiyin", ammo ularni Vashington yaqqol tan olgisi kelmayapti.

"Xaski" toʻrtta raketa uskunalari bilan jihozlanadi, ularning har biri turli maqsadlardagi toʻrt hil raketaga moʻljallangan.

Poligonnыe ispыtaniya kompleksa Poseydon - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiya ilk bor "Qiyomat kuni torpedasi"ni uchirishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Bundan tashqari, suvosti kemasida ixcham raketa tizimi oʻrnatiladi, u yaqin masofadagi nishonlarga zarba berishga moʻljallangan. Bundan tashqari, tortib surilib chiqariladigan va tortiladigan gidrolokatorlar.

"Layka", material mualliflari yozganidek, zamonaviy kompozit materiallardan, shu qatori vintlari ham, yasalgan boʻladi. Va ular bunga ishonish mumkin emasligini qoʻshib oʻtadilar. The National Interest beshinchi avlod Rossiya kemalari qurol va lokatsion tizimlari borasida oldingi loyihalardan ancha ustun degan xulosaga keldi. Ular dengiz flotida oʻnlab yillar davomida xizmat qilishlari va zamonaviy boʻlib qolishlari mumkin.

Biroq, toʻrtinchi avlod kemalari ham potentsial dushman uchun haqiqiy xavf tugʻdiradi. Masalan, "Knyaz Vladimir"ning avvalgilarga nisbatan shovqin darajasi ancha past. Xorijiy kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Rossiya katta hajmli suv usti kemalarini qurishdan voz kechmoqchi, ammo asosiy yoʻnalish - yadroviy suv osti kemalarini loyihalash va qurish ishlarini davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala