Dunyoda

Yana bir mamlakatda soʻnggi koronavirus bemori tuzaldi

© AP Photo / Denis GrayGorod v Laose Luangpxabang
Gorod v Laose Luangpxabang - Sputnik Oʻzbekiston
Laosda koronavirusdan tuzalgan soʻnggi bemor kasalxonadan chiqarildi. Mamlakatda soʻnggi 58 kun davomida yangi kasallanish holati kuzatilmagan edi.

TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Laosda koronavirusdan tuzalgan soʻnggi bemor kasalxonadan chiqarildi. Bu haqda mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“Soʻnggi bemorga ikkita koronavirusga topshirilgan manfiy testdan javob berildi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Laosda pandemiya vaqtida jami 19 ta koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan. Soʻnggi 58 kun davomida mamlakatda yangi kasallanish holati kuzatilmagan.

Laos Janubiy-Sharqiy Osiyoda chegaralarini yopgan va xorijdan kelganlar uchun karantinni majburiy joriy qilgan birinchi mamlakatlardan biri sanaladi. Mamlakat shaharlarda oʻzini oʻzi yakkalash tartibini joriy etib, hududlararo harakatlarni ham cheklab qoʻygan edi.

Kuni kecha Yangi Zelandiyada birorta ham COVID-19 bemori qolmagani maʼlum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala