Qoraqalpog‘iston yangi prokurori tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taxiatosh tumani hokimi Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Adliya katta maslahatchisi Farhat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Farhat Allambergenov ushbu lavozimga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining qaroriga asosan tayinlangan.

Allambergenov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlagan.

U 1997-yildan 2017-yilga qadar prokuratura organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan.

Yangiliklar lentasi
0