TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyun kuni Moskvada boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga keladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov soʻzlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
“Bizda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekistondan hamda Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiyadan ishtirok etish (Gʻalaba paradida – tahr.) tasdigʻi bor”, - dedi Peskov.
Shuningdek, u qator davlat rahbari taklifnoma olgani va Rossiya ularning ishtirok etish tasdigʻini kutayotganini taʼkidlagan.
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston rahbarining matbuot xizmati bu haqda eʼlon qilmagan.
Rossiya prezidenti koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgan Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan parad 24 iyun kuni oʻtkazilishini eʼlon qildi. Dmitriy Peskov Moskvadagi Gʻalaba paradiga avvalo MDH yetakchilari taklif etilishini maʼlum qilgan edi.