Pompeo Xitoyni Huawei orqali Britaniyaga bosim o‘tkazishda aybladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy sekretar SShA Mayk Pompeo
Gosudarstvenniy sekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Pekin London Huaweiʼga o‘zining 5G tarmog‘ini qurishga ruxsat bermasa, uning HSBC bankini jazolash bilan tahdid qilgan.

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy hukumatini Huawei kompaniyasi va HSBC banki orqali Buyuk Britaniyaga bosim o‘tkazishda aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin London Huaweiʼga o‘zining 5G tarmog‘ini qurishga ruxsat bermasa, HSBC bankini jazolashi va Buyuk Britaniyada atom elektr stansiyalarini qurish majburiyatini buzishi bilan tahdid qilgan.

Diplomatning ta’kidlashicha, Shenchjenda joylashgan Huawei "Xitoy Kommunistik partiyasi nazorat tizimining davomidir".

U HSBC Osiyo Tinch okeani banki sobiq bosh direktori, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi a’zosi Piter Vong Pekinning Gonkong muxtoriyatiga doir yangi qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi petitsiyani imzolaganini eslatdi.

Kitayskie banknoti nominalom v 100, 50, 20,10 i 5 yuaney. - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy dollarga muqobil suveren kibervalyuta kiritish arafasida turibdi

"Ushbu sadoqat namoyishi orqali HSBC Pekinda unchalik hurmatga ega bo‘lmaganiga o‘xshaydi, va Pekin Xitoyning bank biznesida bu bankni Londonga qarshi siyosiy dastak sifatida ishlatishni davom ettirmoqda", - deyiladi Pompeo bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Pekinning tajovuzkor xatti-harakatlari" mamlakatlar nima uchun Xitoyga haddan tashqari iqtisodiy qaramlikdan qochishi va muhim infratuzilmani Xitoy Kommunistik partiyasi ta’siridan himoya qilishi kerakligini ko‘rsatmoqda.

"AQSh Buyuk Britaniyadagi do‘stlarimizga xavfsiz va ishonchli atom elektrostansiyalarini qurishdan tortib, fuqarolarining shaxsiy hayotini himoya qiladigan ishonchli 5G yechimlarini ishlab chiqishga qadar har qanday ehtiyojni qondirishda yordam berishga tayyor. Erkin millatlar chinakam do‘stdek ish tutib, siyosiy va korporativ pastlikni emas, balki o‘zaro farovonlikni xohlashadi", - deya xulosa qilgan Pompeo.

Yangiliklar lentasi
0