TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Jazirama issiqda muzqaymoqdan voz kechgan maʼqul, chunki uning haddan tashqari isteʼmoli ogʻiz boʻshligʻingiz va tomogʻingizni oʻta sovutib yuborishi mumkin, diyetolog-shifokor Mixail Ginzburgning “360” telekanaliga aytgan soʻzlarini RIA Novosti keltiradi.
Uning tushuntirishicha, yozda odamlar muzqaymoqni shirin taʼmi uchun emas, balki uning sovugʻini his qilish uchun afzal koʻrishadi. Ular portsiyalar hajmiga eʼtibor bermaydi-da, ularni tezda yeb qoʻyishadi, shu orqali sogʻligʻiga xavf tugʻdiradilar.
"Bu ushbu hududlarning (ogʻiz boʻshligʻi va tomoq - tahr.) virusli infektsiyaga, xususan, koronavirus infektsiyasiga moyilligini oshiradi", - deydi telekanal suhbatdoshi.
Shifokor, muzqaymoq tarkibida shakar va transyogʻlar borligini va bu vazn oshishiga olib kelishini, shuningdek aterosklerozning rivojlanishiga yordam berishini qoʻshimcha qildi.
Ginzburg, salqinlash uchun xona haroratidagi toza suvni ichishni maslahat berdi. U shirin va gazli ichimliklar chanqoqni qondira olmasligini taʼkidladi - faqat suv.
"Yana oʻrmon mevalaridan tayyorlangan morslarni ichishingiz mumkin, iloji boʻlsa shakarsiz", - dedi u.
Diyetologning taʼkidlashicha, issiq ob-havoni qulay oʻtkazish uchun bosh kiyimlari va yengil kiyim kiyish, quyoshda yurishni cheklash va piyoda sayrlarda soyada yurish kerak.