Jamiyat

Soʻx tumaniga xayriya karvoni joʻnatildi

© Fargʻona hokimligiGumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu
Gumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Soʻx tumaniga tranfsormatorlar, uzatish kabellari, suyultirilgan gaz ballonlari, un va sport jihozlari yetkazib berildi.

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Soʻx tumaniga oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa aholi kundalik ehtiyoji buyumlari ortilgan xayriya karvoni yoʻlga chiqdi, deb xabar qilmoqda Fargʻona viloyati hokimligi.

Karvonda “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Soʻx tumaniga 16 ta transformator, 80 dona beton ustunlar, 70 kilometrdan ortiq elektr uzatish kabellari kabi 2 milliard 251 million soʻmlikdan ortiq jihozlarni tuman aholisi uchun taqdim qildi.

© Fargʻona hokimligiGumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu
Soʻx tumaniga xayriya karvoni joʻnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Gumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu

“Hududgaz Fargʻona” masʼuliyati cheklangan jamiyati esa 11 ta maxsus mashinada suyultirilgan gaz ballonlarini, Oʻzbekiston tumanidagi “Beruniy” mahalla fuqarolar yigʻini ahli esa 5 tonna un mahsulotini soʻxliklarga beminnat yordam sifatida yubordi. 

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan zamonaviy tibbiyot jihozlari ajratildi.

© Fargʻona hokimligiGumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu
Soʻx tumaniga xayriya karvoni joʻnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Gumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu

Undan tashqari Soʻx tuman yoshlariga 600 million soʻmlikdan ortiq 20 turdagi sport jihozlari tuhfa qilindi

Shuningdek, viloyatdagi bozorlar tomonidan Soʻx tumanida arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Ana shunday ezgu amallarni qoʻllab-quvvatlab, xayr-saxovat koʻrsatgan tadbirkor va tashkilotlar soni anchagina, deyiladi xabarda.

© Fargʻona hokimligiGumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu
Soʻx tumaniga xayriya karvoni joʻnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Gumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu

Eslatib oʻtamiz, 31 may kuni Soʻx tumani va Qirgʻiziston aholi oʻrtasida kelib chiqqan mojaro oqibatida bir necha uylar zara koʻrgan edi. Shundan soʻng Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Soʻx tumaniga tashrif buyurib aholiga har jihatdan koʻmak berishni vaʼda bergan edi. 

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga 5-6 iyun kunlari boʻlgan tashrifi davomida ham boʻlgan Soʻx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan edi.

© Fargʻona hokimligiGumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu
Soʻx tumaniga xayriya karvoni joʻnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Gumanitarnыy karavan Suxskomu rayonu

 

Yangiliklar lentasi
0