Dunyoda

Tanazzulga uchratadi: OAVlar Bayden prezidentligining AQSH uchun oqibatlari haqida

© AP Photo/John MinchilloKandidat v prezidentыSSHA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannыx CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15 oktyabrya 2019
Kandidat v prezidentыSSHA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannыx CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15 oktyabrya 2019   - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yozuvchi va Kaliforniyadagi respublikachilar partiyasining sobiq raisi Tom Del Bekkaro Jo Bayden boʻlajak prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Amerika iqtisodiyoti chuqur tanazzul davriga duch keladi deb hisoblaydi

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Demokratik partiyadan nomzod va sobiq vitse-prezident Jo Bayden boʻlajak prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Amerika iqtisodiyoti chuqur tanazzul davriga duch keladi, deya xabar beradi FOX News yozuvchi va Kaliforniyadagi respublikachilar partiyasining sobiq raisi Tom Del Bekkaroga tayanib.

Uning taʼkidlashicha, hozirda koronavirus sharoitida Amerika iqtisodiyoti inqirozni boshidan kechirmoqda, mamlakatda rekord darajadagi ishsizlik koʻrsatkichi qayd etildi. Shu sababli, mamlakat iqtisodiy oʻsishni taʼminlaydigan siyosiy islohotlarga muhtoj.

Inauguratsiya 45-go prezidenta SSHA Donalda Trampa - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Obama va Bayden "Rossiya fitnasi"da gumon qilinmoqda. Ikkovi qamalishi mumkin

Del Bekkaroning soʻzlariga koʻra, Bayden taklif etayotgan choralar shu qadar salbiy oqibatlarga olib keladiki, agar ular qabul qilinsa, AQSH jiddiy tanazzulga shoʻngʻishi mumkin.

Sharhlovchining fikriga koʻra, Bayden, boshqa ishlar qatorida, hozirgi davlat rahbari Donald Tramp tomonidan amalga oshirilgan va iqtisodiyotning keskin oʻsishiga va ish oʻrinlari sonining koʻpayishiga olib kelgan soliq islohotining bekor qilinishini talab qilmoqda.

Trampning potentsial raqibi yuqori daromad egalariganing daromad soligʻini, kapital oʻsishiga soliqni, tashkilotlar daromad soligʻini oshirishni taklif qilmoqda, iqtisodiy strategiya esa chet eldan keladigan daromadlar soligʻini ikki baravar oshirishni nazarda tutadi.

Ushbu takliflar va uning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlashi mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadi, deya xulosa qildi del Bekkaro.

Yangiliklar lentasi
0