Jamiyat

Toshkentda karantin vaqtida qanday ishlar amalga oshirildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Karantin davrida Toshkent shahar hokimligi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida onlayn-brifing oʻtkazildi.

TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Bugun Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan onlayn-brifing oʻtkazildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Lyudi na rыnke v Tashkente vo vremya karantina iz-za COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda karantin qachon tugashi aytildi

Unda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxoʻjayev karantin davrida Toshkent shahar hokimligi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.

Dezinfektsiya ishlari

Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona va tashkilotlarda, ijtimoiy soha obʼyektlarda, shox koʻchalarda, mavzelarda, bozorlarda, supermarketlarda, koʻp qavatli uylar podʼyezdlarda, yoʻlaklarda dezinfektsiya ishlari amalga oshirildi. 

Mudofaa vazirligi, milliy gvardiya, IIV, FVV xodimlari - 1500 harbiy, 200 tadan ortiq texnika, tuman hokimliklari bilan birgalikda, 150-180 nafar koʻngillilar guruhi sektorlar kesimida 36ta otryaddan tashkil etilib, dezinfektsiya ishlari amalga oshirildi. Tadbirlar boshlangandan beri, 14 124ta obʼyekt jami 4 mln 928 ming m2 dezinfektsiya qilindi.

Tushumlar boʻyicha

Joriy yil birinchi choragida reja boʻyicha 2 trln 386 mlrd soʻm tushum rejalashtirilgan boʻlsa, 2 trln 626 mlrd soʻm tushum taʼminlandi, belgilangan reja 110 %ga bajarildi. Aprel oyi uchun belgilangan reja 105%ga, may oyida esa 103%ga bajarildi.

Nesmtorya na prekrasnuyu pogodu ochen malo lyudey v Tashkent-Siti, kotorыy daje zimoy bыl vsegda polon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yengillashtirilgan karantin: qaysi talablar saqlanib qolinmoqda?

Reja tushumi bajarilishi davlat oʻzining oldida qoʻygan asosiy vazifalari, ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilgan mablagʻlar, pensiyalar va boshqalar toʻliq toʻlanishi taʼminlanadi.   

Oziq – ovqat mahsulotlari

Bozorlarda kuchli sanitariya normalari joriy etildi. Jami 130ta kirish-chiqish joyi boʻladigan boʻlsa, infektsiya tarqalmasligi uchun 30taga tushirildi. Bozorlar tomonidan 14 martdan 8 iyungacha jami 201 390 tn mahsulot sotildi. Xususan, 1754 tn goʻshtlari, 7493 tn kartoshka (tanqislik boʻlmasligi uchun xorijdan ham import qilindi, narx keskin oʻsishi kuzatilmadi), 3706 tn piyoz, 1574 tn sabzi, 15 mln donadan ortiq tuxum, 1 945 tn guruch, 1 184 tn shakar va boshqa mahsulotlar sotildi.

Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi tomonidan yaqin atrofda doʻkoni boʻlmagan hududlarning  roʻyxatini tuzilib, 300 dan ortiq joyda koʻchma-savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Gorod Navoi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Navoiyda karantin qoidalari kuchaytirildi

Aprel-may oylarida mahallalarda 2705ta koʻcha-savdo yarmarkalari tashkil etildi. Unda jami 3700 tn mahsulot sotildi.

Fuqarolarga yordam

“Sahovat va koʻmak” umumxalq harakati tashkil etildi. Buning natijasida Toshkent shahrida may oy boshiga roʻyxatlar tuzildi, sektorlar orqali tasdiqlandi, 35 445ta oila aniqlandi. 34 900 oilalarga plastik kartochkalar ochilib, 21 mlrd 750 ming soʻm mablagʻ oʻtkazib berildi. 

Tadbirkorlik subʼyektlariga yordam berish masalasida kredit muddatlarini uzaytirish boʻyicha banklar tomonidan tadbirkorlarga ajratilgan kredit muddatlarini oktyabrga qadar uzaytirilishi taʼminlandi. Jumladan, 241 731ta kredit shartnomalarining 6,8 trln soʻmlik toʻlov qismi muddati 6 oyga kechiktirildi (yuridik shaxslarining 13 989 ta shartnomasi boʻyicha 6,1 trln soʻm, jismoniy shaxslar - 224 365 ta shartnomasi boʻyicha 549 mlrd soʻmlik, yakka tartibda tadbirkorlik 3377 ta shartnomasi boʻyicha 108,9 mlrd soʻm)

Karantin ranglari - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Rang-barang karantin

“Oʻzekspomarkaz”da xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markazi ochildi. Markaz oʻz faoliyatini 2 apreldan boshlab, 20 aprel kuni tugatdi. "1197-raqam" koll-tsentr orqali va mahalla fuqarolar yigʻini, ijtimoiy tarmoqlar, xalq qabulxonalari ishonch telefonlari orqali murojaatlar kelib tushdi. Markazidan jami 87 043 oziq-ovqat jamlanmalari ajratildi. 

Nafaqat qiynalib qolgan oilalarga, shu bilan bir qatorda, Sogʻliqni saqlash muassasalari - Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi, davlat sanitariya-epidemiologiya inspektsiya, karantinga yopilgan davolash profilaktika muassasalari xodimlariga, Oʻrtasaroydagi karantin markazi, Olmazor tumanidagi 1-chi, 2-chi muruvvat uylari, poytaxtga ish izlab kelgan, karantin davrida vaqtincha yashash manzillarida qolgan, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga tarqatildi.

Brifing yakunida Furqat Mahmudxoʻjayev bu xayriya ishlarda oʻz hissasini qoʻshgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0