Analitika

Turkiya Rossiyadan S-400ning yangi partiyasini xarid qiladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka oʻtishZenitnыy raketnыy kompleks S-400 "Triumf"
Zenitnыy raketnыy kompleks S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Anqara yaqinida oʻtkazilgan sinovlarda S-400 tizimi toʻrtinchi avlod F-16 Fighting Falcon qiruvchi-bombardimonchilarini 600 kilometr masofada aniqladi va nishonga zarba berishga tayyor turdi.

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik.  Rossiyaning Triumf S-400 uzoq masofali havo mudofaa tizimi, AQSH va NATO xaridorlariga nisbatan shantaj va shafqatsiz siyosiy bosim oʻtkazilishiga qaramasdan, xalqaro bozorda gʻarbiy raqiblarini ishonchli ravishda siqib chiqarishda davom etmoqda.

Rossiya va Turkiya S-400 Triumf zenit-raketa tizimlarini ikkinchi polkini yetkazib berish boʻyicha hal qiluvchi kelishuvga erishdilar. Buni Turkiya Respublikasi mudofaa sanoati kotibiyatining rahbari Ismoil Demir 8 iyun kuni tasdiqladi. 

"Ikkinchi S-400 toʻplamini yetkazib berish boʻyicha printsipial kelishuvga egamiz. Texnologiyalarni yetkazib berish, qoʻshma ishlab chiqarish tafsilotlari va yoʻl xaritasi boʻyicha texnik ishlarni bajarishimiz kerak. S-400 tizimi foydalanish uchun sotib olinadi. Gap tamom", - dedi turk amaldori.

Shu bilan birga, Anqara Amerika va Yevropaning Patriot va Eurosam zenit-raketa tizimlarini (ZRK) sotib olish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishda davom etmoqda. Ismoil Demirning maʼlumotlariga koʻra, Eurosam boʻyicha Frantsiya va Italiya bilan hamjihatlik juda konstruktiv koʻrinishga ega, amerikalik sheriklar bilan esa Patriot-ni yetkazib berish boʻyicha yetarlicha qaror qabul qilinmadi.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya mudofaa vaziri Anqarani S-400 xarid qilishga nima majburlaganini tushuntirdi

Rossiya va Turkiya 2017 yilda “Triumf” S-400 havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar, shartnomaning narxi 2,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu AQSH-Turkiya munosabatlarida jiddiy inqirozni keltirib chiqardi. Vashington Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan Turkiyani chiqarib tashlab, sanktsiyalar bilan qoʻrqitib kelishuvni bekor qilishni va faqatgina Amerikaning Patriot tizimlarini sotib olishni talab qildi. Anqara AQShning ultimatum talablarini bajarishdan bosh tortdi va 2019 yilning yozida S-400 zenit raketa tizimlarining toʻrtta divizionini qabul qildi (birinchi komplekt).

30 aprel kuni Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin koronavirus tufayli S-400 havo mudofaasi tizimlarini qabul qilinishini toʻxtatib turilishini eʼlon qildi. Baʼzi Gʻarb kuzatuvchilari pandemiya Anqara uchun Moskva bilan havo mudofaasi sohasida kelgusi harbiy-texnikaviy hamkorlikni rad etish uchun qulay bahona deb qaror qilishdi. Biroq, turk rejalari oʻzgarmadi, S-400ning ikkinchi toʻplamining (polkining) taqdiri hal boʻldi. Anqara Rossiyaning Triumf zenit-raketa tizimlarining kamida toʻrtta boʻlinmasini ikki milliarddan kam boʻlmagan mablagʻga sotib oladi dollarga oladi.

Zafarli muqarrarlik

Sodir boʻlayotganlarning barchasi Patriot havo mudofaa tizimining xalqaro bozorda navbatdagi magʻlubiyati, Vashingtonning obroʻsini yoʻqotishi va Amerika harbiy-sanoat kompleksiga rikoshetli moliyaviy zarbani anglatadi, ammo bu Turkiya yoki Rossiyaning muammosi emas, balki yuqori texnologiyali raqobat natijasidir.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya 10 kun ichida S-400 zenit-raketa tizimini oladi - Erdoʻgʻon

Anqara mamlakatdagi muhim obʼyektlarni qamrab himoyaga olishi uchun eng ishonchli va zamonaviy havo mudofaa tizimini shakllantirish niyatida va maqsad deyarli erishildi ham. S-400 Triumf ZRK aerodinamik va ballistik (shu jumladan gipertovushli) obʼyektlarni  yoʻq qilish uchun ishlab chiqilgan boʻlib, aniqlash masofasi 600 kilometrgacha, nishonning maksimal radiusi 400 kilometrni tashkil etadi, yaʼni dushmanning samolyotlari tomonidan aviatsion zarba vositalarini qoʻllash chegarasiga qadar.

S-400 ning muhim afzalliklari - bu radiolokatsion stantsiyasining har tomonlama koʻrishi imkoni, moslashuvchanligi va toʻrt turdagi raketalardan foydalanish imkoniyati (koʻp darajali havo mudofaasini shakllantirish). Har xil turdagi raketalardan foydalanish barcha mavjud balandlikdagi (besh metrdan 30 kilometrgacha) va masofada (400 metrdan ikki kilometrgacha) jangovar samolyotlarni, dronlar, qanotli, taktik va ballistik raketalarni samarali yoʻq qilishi mumkinligi. Bitta “Triumf” batareyasi 72 tagacha boshqariladigan raketaga ega boʻlishi va bir vaqtning oʻzida 36 ta nishonga oʻq otishi mumkin. S-400 tizimi har xil turdagi havo mudofaa tizimlarini (S-300, Pantsir-C1, Tor-M1) birlashtirishi va radioelektron qarshilikning va havoning har qanday sharoitda har xil masofadagi havo mudofaasi tizimlarini boshqarishga qodir.

Sinovlar davomida Anqara yaqinida joylashtirilgan S-400 tizimi toʻrtinchi avlod F-16 Fighting Falcon qiruvchi-bombardimonchilarini radiolokatsion stantsiyalar amal qilishi hududi chegarasida - 600 kilometr masofada aniqladi va nishon zarba berish hududga kirishigacha raketalarni uchirishga doimiy ravishda tayyor turdi. Jangovar navbatchilik rejimida, vaqtni tejash uchun havo nishonlarini aniqlash va yoʻq qilish avtomatik tarzda amalga oshirilsa, dushmanning F-16 rusumli qiruvchilari Anqaradan 400 kilometr masofada yoʻq qilingan boʻlardi. F-16 Fighting Falcon samolyotlari esa Gʻarbning havo kuchining asosi hisoblanadi.

ZRS S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilmoqchi

Ehtimol, zamonaviyroq Amerika F-35 qiruvchi samolyoti S-400 radariga bir oz yaqinroq yaqinlasha oladi, ammo baribir oʻz raketasiga huddi oʻsha 400 kilometrlik halokat zonasida yoʻliqadi. Bugun Pentagon Turkiyaning AQShning “koʻrinmas” jangovar samolyotlarini aniqlash va urib tushirish “zafarli” qobiliyatidan juda xavotirda. Albatta, Anqara strategik ittifoqchi boʻlib qolmoqda, ammo Amerika qurol-aslahalarining nodirligi haqidagi afsonalar qulamoqda, chunki ular uchun bu haqoratli, xavfli va zararlidir.

Raqobat muhiti

Aniqlik va balandlik diapazoni jihatidan S-400ga oʻxshashi yoʻq. Ommaviy axborot vositalarida “Triumf”ni Patriot ZRK (oʻrta masofali) bilan ommaviy taqqoslash umuman nooʻrin. Ikkala tizimning ham texnologik rivojlanishidagi tafovut anchagina katta.

Asosiysi haqida qisqacha. Zamonaviy Patriot RAS-3 MSE ZRK qoʻshinlar va harbiy inshootlarni havo mudofaasini (raketaga qarshi mudofaani) taktik darajada taʼminlaydi. Patriot tomonidan nishonni aniqlash masofasi 180 kilometrdan oshmaydi (moʻljalning aks etuvchi yuzasi kattaligi shartidagina). Zarba berish masofasi 33 kilometrgacha, balandligi 20 kilometr bilan chegaralangan. Kuzatuvning bir yoʻnalishli burchagi - 90 gradus, amerika kompleksining radiolokatsion stantsiya yoritish diapazoni raketalarning yuqori aniqlik bilan nishonga olinishini taʼminlay olmaydi. Nishonning paydo boʻlishiga reaktsiya vaqti 15 soniya (juda sekin). ZRK bir vaqtning oʻzida uch sekundgacha oraliq bilan sakkizta nishonni oʻt ochishi mumkin. Qurollar qimmat va samarasiz, yaqinda saudiyalik hamkorlar bunga "jangovar vaziyatda" ishonch hosil qilishga muvaffaq boʻlishdi, “Patriot”lar dronlar hujumini qaytara olmadi.

Divizion S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Hindiston uchun S-400 ishlab chiqarishni boshladi

Ismoil Demir tomonidan esga olingan Yevropaning Eurosam konsortsiumining zenit-raketa tizimi qoʻshinlarni yurishida havo hujumidan himoya qilishga, muxim statsionar obʼyektlarni ommaviy xujum vositalarining (taktik raketalar, barcha turdagi samolyotlar, dronlar) ommaviy hujumida urab himoya qilib turishga moʻljallangan.

EUROSAM Land system tashqi koʻrinishi va algoritmlari jixatidan amerika Patriot ZRKsiga oʻxshaydi. "Yevropalik" yaxshiroq reaktsiyaga, yuqori otish tezligi (oʻn soniyada sakkizta raketa), nishonning balandligi buyicha 25 kilometrgacha zarba berishiga, 360 darajada otish imkoniyatiga ega, ammo bularning barchasi uchuvchi nishonlarni aniqlash va zarba berishning 10 kilometrlik masofasida ikkinchi darajalik hususiyatga aylanadi. Xulosa: Patriot va Eurosam ZRKlari Rossiya “Triumf”iga raqib emas, ular oʻrta masofali (qisqa masofali) havo mudofaasini shakllantirish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin va hech qachon Rossiyaning uzoq masofali tizimlarini oʻrini bosa olmaydi.

Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiyada S-400 raketa zenit tizimi sinovdan oʻtkazilishi boshlandi - video

AQShning yigirma yillik notinch tashqi siyosati, ittifoqchilar va sheriklarning manfaatlariga haddan tashqari bepisandlik qilish fonida, "turkcha tarix" mantiqiy koʻrinadi.

Eslatib oʻtaman, NATO aʼzosi boʻla turib, Turkiya dastlab Patriot havo mudofaasi tizimlariga ega boʻlishni rejalashtirgan edi, ammo amerikalik sheriklar koʻp yillar davomida buni "paysalga solib kelgan". Ular yoki narxni oshirmoqchi boʻlishgan yoki Vashingtonni Anqarani havo hujumlaridan himoya qilinishini aslida istamagan.

Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon S-400 sotib olinishini "Turkiya tarixidagi eng muhim kelishuv" deb ataganligi bejiz emas.

Yangiliklar lentasi
0