Dunyoda

Moskvada aholining COVID-19ga qarshi immuniteti oʻsishi qayd etildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishPassajirы na platforme Kurskogo vokzala v Moskve
Passajirы na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva aholisi orasida ikki hafta ichida COVID-19ga qarshi immunitet 5%ga oʻsgani qayd etildi - shahar hokimiyati.

TOSHKENT, 11 iyun - Sputnik. Moskvaliklarning 17,4%ida COVID-19ga qarshi immunitet oʻsishi qayd etildi. Bu haqida shahar merining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.

"Biz bir oydan ortiq vaqt davomida aholining umumiy immuniteti oʻsishi miqdorini tekshirib kelmoqdamiz. Tekshiruvning 1-bosqichi 4 - 21 mayda oʻtkazilgan edi. Oʻshanda moskvaliklarning 12 % ida immunitet qayd etilgan edi. Bugun ana shu sinovning ikkinchi bosqichi yakunlandi va moskvaliklarning 17,4 %ida immunitet paydo boʻlgani qayd etildi. Demak 2 hafta ichida aholining umumiy immuniteti 5% ga oʻsgan", - dedi Rakova.

Biroz oldin Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyada 650 ming kishida koronavirusga qarshi antitelalar mavjudligini tekshirilgani va 46 hudud aholisining 14 %ida ana shunday immunitet borligi aniqlanganini xabar qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 27 maydan boshlab Moskvada istagan kishi oʻz organizmida koronavirusga qarshi antitelalar bor yoʻqligini tekshirib koʻrishi mumkin. Shahar hokimiyati bugungi kunda ishlashni boshlagan barcha tashkilot rahbariyatiga xodimlarni ana shunday sinovdan oʻtkazishni maslahat beragn edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala