Hodisalar

Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik Oʻzbekiston
“Qamchiq” dovoni Toshkent-Oʻsh xalqaro avtomobil yoʻlining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir boʻldi - FVV.

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik. Bugun, 11 iyun kuni, soat kechki ikkilarda “Qamchiq” dovoni Toshkent-Oʻsh xalqaro avtomobil yoʻlining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir boʻldi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, Damas mashinasining egasi 42 yoshli fargʻonalik fuqaro Toshkentga qarab harakatlangan. “Qamchiq” dovoniga kelganida haydovchi rulda uxlab qolgan. Oqibatda yoʻlning yon tomonida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Buning natijasida haydovchi mashina salonida siqilib qolgan.

© MCHS UzbekistanaSotrudniki MCHS spasli voditelya, popavshego v DTP na perevale Kamchi - foto
Rulda uxlab qoldi: “Qamchiq” dovonida jiddiy YTH sodir boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Sotrudniki MCHS spasli voditelya, popavshego v DTP na perevale Kamchi - foto

Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvichlari yetib kelgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro mashina salonidan chiqarib olingan. Unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala