"O‘zbekkonsert" rahbari o‘zgardi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkonserta
Odildjon Abdukaxxarov - predsedatel Uzbekkonserta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekkonsertda Abduqahhorov Odiljon o‘rniga Djamaldinov Alisher rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. Kecha 10-iyun kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati. 

Yig‘ilishda 2017-yildan buyon “O‘zbekkonsert”ga rahbarlik qilib kelgan Abduqahhorov Odiljon Abdug‘aniyevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Djamaldinov Alisher Xudayberdiyevich vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Djamaldinov Alisher Xudayberdiyevich 1975-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999-yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining sharq musiqasi fakultetini tamomlagan.

© Press-slujba "Uzbekkonserta"Ispolnyayushiy obazannosti direktora "Uzbekkonserta" Alisher Djamaldinov
O‘zbekkonsert rahbari o‘zgardi  - Sputnik O‘zbekiston
Ispolnyayushiy obazannosti direktora "Uzbekkonserta" Alisher Djamaldinov

Mehnat faoliyati davomida 2013-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bir qancha mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritgan, xususan Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida fidokorona mehnat qilgan.

A.Djamaldinov 2018-yildan boshlab “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida ijodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0